Biologiyani о‘qitishda kasbga yо‘naltirish.
DTSning tо‘rtinchi qо‘shimcha tarkibiy qismi biologiya ta’limining kasbga
yо‘naltirilishini nazarda tutuvchi qismi hisoblanadi.
Respublikamizda о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi quyidagi 8-ta bilim
sohalari va akademik litseylar bо‘yicha tashkil etilgan bо‘lib, ularda biologiya
yagona dastur asosida о‘qitiladi. Biologiya о‘qituvchisi ta’lim muassasasining
yо‘nalishini hisobga olgan holda ta’lim mazmunining qо‘shimcha tarkibiy qismiga
e’tiborni qaratishi, ya’ni biologik ta’limni kasbiy yо‘naltirishi lozim.
16-jadval
Ta’lim sohasi
Biologiyani о‘qitishda e’tiborni qaratish zarur
bо‘lgan masalalar
Ta’lim
Gumanitar fanlar
va san’at
О‘quvchilarni aqliy, ahloqiy, estetik, mehnat, jinsiy,
ekologik, iqtisodiy, gigiyenik va jismoniy jihatdan yetuk
qilib tarbiyalashda, ularning ilmiy dunyoqarashini
kengaytirish, shaxs kamolotining tabiat bilan uyg‘unligi,
tabiatga nisbatan mehr-muhabbat tuyg‘usi va ongli
munosabatni tarkib toptirishda tabiatning tutgan о‘rnini
Tabiatni muhofaza qilish bо‘yicha ma’naviy–ma’ri-
fiy ishlarni olib borish, tabiat barcha san’at turlarini
rivojlantiruvchi manba ekanligi
202
Ijtimoiy fanlar,
biznes va huquq
Fan
Muhandislik,ishl
ov berish va qurilish
tarmoqlari.
Shaxs kamolotining tabiat bilan uyg‘unligi, ishlab
chiqarish va agrosanoatni rivojlantirish, xom ashyo-dan
olinadigan tovarlar, ularni ishlab chiqarishda
mikrobiologiya usullaridan foydalanish, gen
daktiloskopiyasi va genlar spektri yordamida shaxsni
aniqlash texnologiyasining yaratilganligi
Ekologik muammolar, suv, havo, tuproq, qishloq
xо‘jaligi, odam ekologiyasi, ularni muhofaza qilish
bо‘yicha olib borilayotgan tadbirlar, tabiiy boylik-lar va
ulardan unumli foydalanish yо‘llari va chiqindisiz
texnologiyalarni joriy etish muammo-lari.
Biosferada modda va energiyaning davra bо‘ylab
aylanishi, ekologik toza manbalar energiyasidan
foydalanish, bionika asoslari, tabiiy va sun’iy xom
ashyolardan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish,
Yer usti va osti tabiiy boyliklari va ulardan unumli
foydalanish yо‘llari, chiqindisiz texnologiyalarni joriy
etish muammolari. Sun’iy tanlash asosida о‘simlik navlari
hosildorligi, hayvon zotlari mahsuldorligini oshirish
yо‘llari, mikrobiologiya va biotexnologiya asoslaridan
qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda
foydalanish, ikkilamchi suv va ichimlik suvini tozalashda
suv о‘tlaridan foydalanish, biologik bilimlarning
о‘simlikshunoslik, chorvachilik, asal-arichilik,
о‘rmonchilik, mо‘ynachilik va baliqchilikni rivojlantirish,
bog‘, parklarni barpo etish, kо‘kalamzorlashtirish,
о‘simliklarni himoya qilishdagi ahamiyati, qurilish, yо‘llar
barpo etish, qurilish materiallarini tayyorlashda tabiat
muvozanatini asrash.
Biologik qonuniyatlar qishloq xо‘jaligining ilmiy-
203
Qishloq xо‘jaligi
Sog‘likni saqlash
Xizmatlar
nazariy asosi ekanligi, qishloq xо‘jaligi mahsulot-larini
yetishtirish, saqlash va qayta ishlash, о‘simliklarni himoya
qilish, zootexnika va veterina-riya, о‘rmonchilikni
rivojlantirishda biologik bilimlarning ahamiyati, tuprok va
yer osti suvlari-dagi pestitsidlarni parchalovchi va
zararsizlantiruv-chi transgen о‘simlik yaratish, paxta tolasi
sifatini yaxshilashga yо‘naltirilgan biotexnologiya,
hayvonlar-ni klonlash, gibridomalar olish istiqbollari.
Gen, hujayra injenerligi usullarini qо‘llab qator
yuqumli va irsiy kasalliklarning gen injenerligi tashxisi
biotexnologiyasi, irsiylanish qonuniyatla-rini о‘rganish va
oldini olish borasida olib bori-layotgan izlanishlar, “asos”
hujayralardan “yangi” organlar yaratish texnologiyasi,
“Sog‘lom avlod uchun” Davlat dasturi, onalik va bolalikni
asrash va tibbiy yordam kо‘rsatishni yaxshilash bо‘yicha
davlat qarorlari.
Turizm, sport, serviz, ommaviy bayramlar о‘tkazish,
xalq og‘zaki ijodini rivojlantirishda tabiiyot fanlarining
rolini kо‘rsatish lozim.
Yuqorida qayd etilgan vazifalarni hal etish va an’anaviy ta’lim tizimidagi
kamchiliklarga barham berish, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish
uchun о‘quvchilarning bilish faoliyatini yalpi о‘qitish bilan bir qatorda, individual
va kichik guruhlarda о‘qitishni tashkil etish maqsadga muvofiq.
204
О‘quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etilganda
о‘quvchilar о‘quv materialini mustaqil о‘zlashtiradilar, ularning aqliy rivojlanishi,
qiziqishi, ehtiyoji, iqtidori, bilimlarni о‘zlashtirish darajasi hisobga olingan holda
tuzilgan о‘quv topshiriqlarini mustaqil bajaradi va о‘z bilish faoliyatining
subektiga aylanadi.
О‘quv topshiriqlarini individual bajarish jarayonida о‘quvchilarning aqliy
faoliyati jalb etiladi, о‘z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bо‘lgan ishonch ortadi va har
bir shaxs о‘z imkoniyati darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil etilgan bilish
faoliyati orqali vaqtdan unumli foydalaniladi, samaradorlik ortadi.
Biologiyaning о‘qitishda о‘kuvchilarning bilish faoliyatini indi-vidual tarzda
tashkil etish asosan dars bilan birgalikda darsdan va sinfdan tashqari ishlarda ham
foydalaniladi. Masalan, о‘quvchilarning uy vazifasini bajarishida ularga tavofutlab
yondashish imkoniyatlari mavjud. О‘quvchilarga muayyan mavzular bо‘yicha
krossvordlar tuzish, kuzatish va tajribalar о‘tkazish, ma’ruza va referatlar, turli
mavzularda о‘tkaziladigan tanlovlar uchun materiallar tayyorlash shular
jumlasidandir.
О‘quvchilarning bilish faoliyati kichik guruhlarda tashkil etilganda guruhdagi
har bir о‘quvchi iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, bilimlarni о‘zlashtirish
darajasini aniqlash, о‘quvchilar о‘rtasida hamkorlik, о‘quv muloqoti, bahsi,
munozara, о‘zaro yordamni amalga oshirish kо‘zda tutiladi.Biologiya darslarida
о‘quvchilarning bilish faoliyati yalpi о‘qitishni individual va kichik guruhlarda
ishlash shakllari bilan uyg‘unlashtirilganda juda yuqori samara beradi.
Ma’lumki, biologiyani о‘qitish dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari
ishlar va ekskursiyalar shaklida tashkil etiladi.
О‘rta maxsus, kasb ta’limi muassasalarida biologiya о‘quv fanini о‘kitishning
samaradorligini oshirishning muhim sharti ta’lim-tarbiya jarayoniga tizimli
yondoshuv sanaladi, shu sababli о‘quv dasturidan о‘rin olgan har bir mavzuning
ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadi hisobga olingan holda biologiyani
о‘qitishda quyidagi dars turlaridan foydalanish tavsiya etiladi:
va о‘qituvchilarga quyidagi dars turlari tavsiya etiladi:
205
Ma’ruza (kirish ma’ruzasi, mavzuli ma’ruza, umumlashtiruvchi ma’ruza)
darslari.
Seminar (bilimlarni mustahkamlovchi, yangi bilimlarni mustaqil egallashga
mо‘ljallangan) darslari.
Modulli dars.
Muammoli (aqliy xujum) darslar.
Munozarali darslar.
Didaktik-о‘yinli (syujetli-rolli, ijodiy, ishbilarmonlar, konferensiyalar, о‘yin
mashqlar) darslar.
Dostları ilə paylaş: |