Fakultativ mashg‘ulotlarning didaktik maqsadi
:
Biologiya fanining turli sohalari bо‘yicha о‘quvchilarning bilimlarini
chuqurlashtirish va kengaytirish, biologiyani о‘rganishga bо‘lgan qiziqishlarini
rivojlantirish, uzluksiz ta’lim tizimining keyingi turlarida о‘qishni davom ettirish
uchun tanlashga yordam berish;
207
О‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, tabiatning moddiy
birligini uning yaxlitligini ilmiy tasavvur qilish, tabiatda sodir bо‘layotgan voqea
va hodisalarning tabiiy-ilmiy sabablarini bilish, sabab-oqibat bog‘lanishlarini
tushunishga imkon yaratish;
О‘simliklarni parvarish qilish va hayvonlarni boqishning ilmiy asoslariga
e’tiborni qaratish, о‘quvchilarni mavsumiy dala ishlariga, maktab tajriba yer
maydonchalarida, bog‘ va poliz ekinlari maydonlaridagi ishlarga jalb etish orqali
ularning kasb tanlashiga, jumladan, qishloq xо‘jalik, meditsina, veterinariya va h.k.
kabi ixtisosliklar bilan tanishishiga sharoit yaratish;
О‘quvchilarning ekologik madaniyatini takomillashtirish, tabiatga
nisbatan ongli va omilkorona munosabatini tarkib toptirish;
О‘quvchilarning о‘z organizmi, sog‘ligini asrash, profilaktika chora-
tadbirlari, vrach kelguncha birinchi yordam kо‘rsatish, sanoat korxonalari va
qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishidagi xavfsizlik chora-tadbirlari, ishni ilmiy
asosda tashkil etish haqidagi bilimlarini kengaytirish;
О‘quvchilarning gigiyenik ta’lim-tarbiyasini amalga oshirish, gipodina-
miya (kam harakat qilish), chekish, alkogol, notо‘g‘ri ovqatlanish, kun tartibiga
amal qilmaslikning zararini tushuntirishga yordam berish;
О‘quvchilarda sharqona odob-ahloq, insoniy fazilatlarni shakllantirish,
ular ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga hurmat, Ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash sanaladi.
Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida biologiyadan quyidagi fakultativ
mashg‘ulotlar tashkil etish tavsiya etiladi.
17-jadval
N
Fakultativ mashg‘ulotlar
Soatlar
Sinflar
1
.
О‘simliklar hayoti
34
VI sinf
2
.
Hayvonlar hayoti
34
VII sinf
3
Odam fiziologiyasi
68
VIII sinf
208
.
4
.
Ekologiya
asoslari
va
tabiatni
muhofaza qilish
34
VIII sinf
5
.
Oliy nerv faoliyati fiziologiyasi
34
VIII sinf
6
.
Qishloq
xо‘jaligi
hayvonlari
fiziologiyasi va zootexnika asoslari
34
IX sinf
7
.
Umumiy biologiya
68
IX sinf
8
.
Genetika va seleksiya asoslari
68
IX sinf
О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida biologiyadan quyidagi
fakultativ mashg‘ulotlar tashkil etish tavsiya etiladi.
N
Fakultativ mashg‘ulotlar
Soatlar
Bosqichlar
1
.
Organik olam evolyusiyasi
68
I-kurs
2
.
Genetika va seleksiya asoslari
68
I-kurs
3
.
Molekulyar biologiya
68
I-kurs
4
.
Biotexnologiya asoslari
68
I-kurs
Fakultativ mashg‘ulotlarning xilma-xilligi о‘quvchilarning qiziqish va
ehtiyojlarini tо‘laroq qondirish, biologiya fanining eng istiqbolli yо‘nalishlari,
biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari bilan tanishtirish, biologiyaga doir
bilimlarni amaliyotga qо‘llash va mahalliy sharoitning kadrlarga bо‘lgan
ehtiyojlarini qoplash imkonini beradi.
209
Quyida VI-sinflar uchun mо‘ljallangan “О‘simliklar hayoti” fakultativ
mashg‘ulotining mazmuni beriladi.
“О‘simliklar hayoti” fakultativ mashg‘uloti kursini о‘rganish о‘quvchilarni
о‘simliklarning hayotiy jarayonlari, yovvoyi va madaniy vakillarining xilma-
xilligi, inson hayoti va tabiatdagi ahamiyati bilan tanishtirish, tabiiy
biogeotsenozlardagi о‘zaro aloqalar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirishga imkon
beradi.
О‘simliklarning tarixiy rivojlanishi, о‘simlik organizmining hujayraviy
tuzilishi va hayotiy jarayonlarning moddiy asoslari haqidagi bilimlar
о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish uchun asos bо‘lib xizmat
qiladi.
О‘simliklarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati, inson faoliyatining
о‘simliklarning alohida turlariga va tabiiy guruhlarning yashash muhitiga ta’sirini
о‘rganish о‘quvchilarni tabiatga ma’suliyat bilan munosabatda bо‘lish, ularga
ekologik, iqtisodiy, estetik, axloqiy tarbiya berish imkonini yaratadi.
О‘simliklarni ekish, parvarish qilish va kо‘paytirishning ilmiy asoslari
haqidagi bilimlarni kengaytirish о‘quvchilarning kasb ta’limiga, mehnat va
iqtisodiy tarbiyasini amalga oshirishga yordam beradi.
Kurs davomida olib borilgan mashg‘ulotlar о‘quvchilarning nafaqat biologik
bilim, kо‘nikma va malakalari, balki kuzatish va tajriba о‘tkazish, amaliy va о‘quv
mehnati kо‘nikmalarining rivojlantirishga zamin yaratadi.
Kursning mazmuni о‘qitishning turli shakl va metodlari: ma’ruza,
laboratoriya mashg‘ulotlari, ekskursiya, kuzatish о‘tkazish, tajriba qо‘yish, amaliy
ishlar, о‘quv tajriba yer maydonida ijtimoiy-foydali mehnatdan о‘z о‘rnida
samarali foydalanishni talab etadi.
Shuningdek, ushbu kursni о‘tkazishda о‘quvchilarning tabiatshunoslik,
geografiya va 5-sinfda botanikadan olingan bilimlari asos bо‘lib xizmat qilishi,
fanlararo va mavzulararo bog‘lanishlarni amalga oshirish о‘qituvchining diqqat
markazida bо‘lmog‘i lozim.
210
Umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinf о‘quvchilari uchun mо‘ljallangan
“О‘simliklar hayoti” fakultativ mashg‘ulotini о‘tkazish 34 soatga mо‘ljallangan
bо‘lib, shundan “Kirish” mavzusiga 2 soat, “О‘simliklarning tuzilishi va hayot
faoliyati” mavzusi о‘simlik hujayrasi va tо‘qimalarining tuzilishi va hayot
faoliyati, oziqlanish, о‘simliklarning nafas olishi, о‘simliklarda moddalarning
harakatlanishi, о‘simliklarning о‘sishi, rivojlanishi va kо‘payishi kabi masalalarni
qamrab olgan bо‘lib, ularni о‘rganishga 20 soat, “О‘simliklarning xilma-xilligi.
Ularning yashash muhitiga moslashganligi” mavzusi о‘simliklar olamining xilma-
xilligi, tabiiy guruhlarda о‘simliklarning hayoti kabi masalalarni mujassamlashtirib
uni о‘rganishga 12 soat vaqt ajratilgan.
Dostları ilə paylaş: |