Mustahkamlash uchun savollar:
1.Maktab darsligi haqida umumiy tushuncha?
2.Maktab darsligiga о‘yilgan asosiy talablar?
3.Maktab botanika darsligining mazmuni va tuzqilishi?
4.Maktab zoologiya darsligining mazmuni va tuzqilishi?
5.Odam va uning salomatligi darsligining mazmuni, tuzqilishi?
193
27-§ UMUMIY O’RTA TA’LIMI MUASSASALARIDA BIOLOGIYANI
О‘QITISHNING О‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi bо‘lgan о‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalarida biologiyani umumta’lim fani sifatida о‘qitish yagona о‘quv
dasturi asosida tashkil etilsa-da u ikki yо‘nalishda amalga oshiriladi.
Akademik litsey о‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal о‘stirish,
ularning chuqur, tabaqalashtirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan muassasa
ekanligini hisobga olgan holda, biologiyani о‘qitishda ilmiy-nazariy masalalarga
keng о‘rin berish, о‘quvchilarning chuqur о‘zlashtirayotgan fani bilan fanlararo
bog‘lanishlarni amalga oshirish, ularning qiziqishlari va ehtiyojlari, mustaqil,
ijodiy va mantiqiy fikr yuritish, tajriba qо‘yish va kuzatish kо‘nikmalarini
rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish masalalariga e’tiborni qaratish,
ilmiy-tadqiqot institutlarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar mazmuni va
natijalari, biolog olimlarning hayoti, ularning fan rivojiga qо‘shgan hissalari bilan
tanishtirish, uchrashuvlar tashkil etish tavsiya etiladi.
Kasb-hunar kollejlarining о‘quvchilari tanlagan kasblari bо‘yicha ixtisoslik
olishlarini nazarda tutgan holda biologiyani о‘qitishda kо‘proq amaliy masalalarga,
ayniqsa qishloq xо‘jalik, tibbiyot, о‘rmonchilik, baliqchilik, oziq-ovqat, yengil
sanoat, hamda xalq xо‘jaligining boshqa sohalarida biologiyaning tutgan о‘rniga
ahamiyat qaratiladi. О‘quv yurtining ixtisosligiga bog‘liq holda jamoa, fermer,
о‘rmonchilik xо‘jaliklari va tibbiyot muassasalariga ekskursiyalar uyushtirish,
tabiatni muhofaza qilishning nazariy va amaliy masalalariga e’tiborni qaratish
lozim.
О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida biologik ta’lim mazmuni
davlat ta’lim standartlari bilan meyorlangan, shu asosda о‘quv dasturi tayyorlangan
va unga muvofiq holda darslikning yangi avlodi yaratilgan.
Biologiya
darsligida
о‘kuvchilarning
о‘quv-bilish
faoliyatini
faollashtiradigan, mustaqil ishlashi va ijodiy fikr yuritish, о‘zlashtirgan bilimlarini
nazorat qilishi va о‘z-о‘zini baholash, mantiqiy fikr yuritish operatsiyalarini
194
bajarish natijasida biologik bilimlarni ongli о‘zlashtirish kо‘nikmalarini
egallashlariga zamin tayyorlangan.
О‘qituvchi biologik ta’lim samaradorligiga erishish va о‘quvchilarning
bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishi uchun ta’lim mazmunining tarkibiy
qismlari va ularni о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirish usullarini bilishi lozim.
Ta’lim mazmunining tarkibiy qismi bо‘lgan bilimlar о‘quvchilar tomonidan
о‘kuv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, tasavvur qilish, abstrakt fikr
yuritish, о‘rganilgan ma’lumotlarni yodda saqlash, bilimlarni tanish odatiy va
yangi kutilmagan vaziyatlarda qо‘llash bosqichlari yordamida о‘zlashtiriladi.
О‘quvchilarda faoliyat turlari - kо‘nikma va malakalarni shakllantirish
kо‘nikma tarkibiga kiradigan ish usullarni aniqlash va ularni bajarish,
kо‘rsatmaga binoan shu ish usullarini takror mashq qilish, kо‘nikmalarni tanish,
odatiy va kutilmagan yangi vaziyatlarda ijodiy qо‘llash kabi bosqichlarni о‘z
ichiga oladi.
Ta’lim mazmunining uchinchi tarkibiy qismi bо‘lgan ijodiy faoliyat
tajribalari о‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritishiga zamin tayyorlab, uni
о‘qituvchining tayyor axboroti orqali shakllantirish mumkin emas. О‘quvchilarda
ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish uchun ular о‘kuv materialini mustaqil
ravishda о‘zlashtirishlari, о‘quv topshiriqlarini bajarish jarayonida muammolarni
idrok etishi, tasavvur qilishi, abstrakt fikr yuritishi, о‘rganilayotgan obektlarni
tahlil va sintez qilishi, taqqoslashi, о‘xshashlik va umumiy tomonlarini
aniqlashlari, fikr va g‘oyalarni umumlashtirib, xulosa yasash orqali bilim,
kо‘nikma va malakalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qо‘llashni о‘rganishlari
lozim.
Ta’lim mazmunining tо‘rtinchi tarkibiy qismi hisoblangan qadriyatlar tizimi
о‘qitish jarayonida ta’lim-tarbiyaning uzviyligi, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarning ustuvorligini ta’minlash, о‘quvchilarda tabiat va butun borliqqa
nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirishga xizmat qiladi. О‘quvchilar mazkur
tarkibiy qismni о‘zlashtirishlari uchun avval о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma va
195
malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlar ijodiy qо‘llashlari, bir sо‘z bilan aytganda
faol о‘quv-bilish faoliyati talab etiladi.
Ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari davlat ta’lim standartlarining asosini
tashkil etadi.
Davlat ta’lim standartlari tahlili uning quyidagi tarkibiy qismlardan
iboratligini kо‘rsatdi:
Asosiy qism – ta’lim-tarbiya jarayonidan kо‘zlangan maqsad va vazifalarni
amalga oshirishga imkon beradigan biologik bilim, kо‘nikma va malakalarning
o’quv qo’llanmasi sanaladi. Ta’lim mazmunining asosiy qismi bilimlar, faoliyat
turlari – kо‘nikma va malakalardan iborat bо‘ladi.
Kengaytiruvchi tarkibiy qism – о‘kuvchilarning biologik bilimlari va mustaqil
hayotga tayyorgarligini orttirishga imkon beradigan, shaxs yoki gurux
qiziqishlarini rivojlantirishga yо‘nalti-rilgan ta’lim mazmuning bir qismi. Bu qism
ta’lim mazmunining ijodiy faoliyat tajribalari va qadriyatlar tizimini о‘z ichiga
oladi.
Yordamchi qism – biologiya kursining mantiqiy strukturasining yaxlitligini
ta’minlovchi ta’lim mazmuninining ma’lum bir bо‘limi. О‘quvchilarning
qiziqishlari, istagi va ehtiyojlari asosida darsdan va sinfdan tashqari tashkil
etiladigan mashg‘ulotlarning mazmunini tashkil etadi.
Qо‘shimcha tarkibiy qism - о‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalari
yо‘nalishi va mahalliy xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladigan
ta’lim mazmunining bir qismi.
DTS ning asosiy va kengaytiruvchi tarkibiy qismlari о‘zgarmas bо‘lib, о‘quv
fanining asosiy fundamental va amaliy masalalarini yoritadi, yordamchi va
qо‘shimcha
tarkibiy
qismlari
о‘kuvchilarning
kelgusida
egallaydigan
mutaxassisliklariga bog‘liq holda о‘kuv fanining о‘zgarib turadigan qismi sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |