186
Tabiatshunoslikni о‘qitishda о‘quvchilarni kasbga yо‘llash, mehnat tarbiyasi-
ni amalga oshirishga imkon beradigan bilim va kо‘nikmalarni quyidagi guruhlarga
ajratish mumkin:
Qishloq xо‘jalik, mikrobiologiya, tabiatni muhofaza qilish, inson
mehnati faoliyatining ilmiy-nazariy asoslari;
Ishlab chiqarish mehnati samaradorligi, о‘simliklar va hayvonlarning
mahsuldorligini oshirishni ta’minlovchi texnika va texnologiyalarning asoslari
bilan tanishtirish;
Biologik qonuniyatlar va umumiy kо‘nikmalardan amaliy faoliyat va
turmushda foydalanish asoslari bilan tanishtirish.
О‘quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlashda qishloq xо‘jaligi
mehnati kо‘nikmalari muhim ahamiyatga ega. Ular jumlasiga tuproqqa ishlov
berish, о‘g‘itlash, о‘simliklarni sug‘orish, urug‘ni ekishga tayyorlash, ekish,
о‘simliklarni parvarish qilish, hosilni yig‘ish va saqlash, shuningdek, qishloq
xо‘jaligi hayvonlarini boqish, zararkunandalariga qarshi kurash, mehnat qurollari
bilan ishlash kabilarni kiritish mumkin.
Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda о‘qituvchi о‘quvchilarni mehnat
faoliyatiga psixologik jihatdan tayyorlash, mehnat madaniyatini takomillashtirish,
shuningdek, о‘quvchilarning о‘zlashtirgan nazariy bilimlaridan foydalangan holda
aqliy va jismoniy mehnatni tо‘g‘ri tashkil etish kо‘nikmalarini tarkib toptirishga
e’tiborni qaratishi lozim. Mehnat tarbiyasining asosiy vazifalaridan biri barkamol
shaxsning asosiy fazilatlari bо‘lgan mehnatsevarlikni rivojlantirish sanaladi. Bu
jarayonda о‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy, aqliy, hissiy-irodaviy, ruhiy,
jismoniy jihatdan uyg‘un rivojlanishini amalga oshirish maqsadida xalqimizning
boy ma’naviy durdonalari bо‘lgan hadislar, hikmatli hikoyalar, maqollardan
foydalanish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: