O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

Estetik tarbiya.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim oluvchilarda boy 
estetik dunyoqarashni hosil qilish masalasiga keng e’tibor berilgan.
Ma’lumki, estetika – gо‘zallik elementlari, sharoitlari va qonunlari 
tо‘g‘risidagi fandir. Estetik tarbiya gо‘zallik hissi, tuyg‘ular, badiiy didni 
rivojlantirishga qaratilgan. 
Estetika mehnatda, ijtimoiy va shaxsiy hayotda о‘z atrofida gо‘zallik barpo 
etishga intilishni vujudga keltiradi. Gо‘zallikni kо‘ra bilish, idrok qilish, barpo 
etish va chiroyli ish kо‘rish – tarbiya vazifalaridan biridir. 
Tabiatshunoslik darslarida о‘qituvchi о‘simliklarning organlari, gul va 
mevalar, о‘simliklar qoplamini о‘rganishda ularning gо‘zalligini yoritadi. Bunda 
о‘quvchilarning e’tiborini о‘simliklarning tashqi gо‘zalligiga qaratib, ulardagi 
yashirin gо‘zallik hayoti, muhit bilan uyg‘unlashishi, tabiat va inson hayotida 
tutgan о‘rnini idrok qilishga о‘rgatadi. 
О‘quvchilarni estetik tarbiyalashda biologiya о‘quv xonasi, tirik tabiat 
burchagi, maktab tajriba yer maydonlarida vujudga keltirilgan tartib, shinamlik va 
gо‘zallik muhim rol о‘ynaydi. 
О‘quv xonasidagi о‘simliklar, kо‘rgazma vositalari estetik talablarga javob 
berishi va ma’lum bir mazmunda joylashtirilgan bо‘lishi kerak. 
Estetik tarbiyaning vazifasi: 
О‘quvchilarni gо‘zallikni kо‘rish va idrok qilishga, chiroylini xunukdan farq 
qilishga о‘rgatish, bu bilan estetikani idrok qilish bilan bog‘lash; 
Tabiatda, mehnat jarayonida, о‘z atrofida, shaxsiy va ijtimoiy hayotda 
gо‘zallikni о‘rnatish va himoya qilishga, estetik didni mehnat va turmush 
madaniyati bilan bog‘lash; 


183 
Turli hayotiy vaziyatlarda chiroyli ish tutishga, estetikani ma’naviy-ahloqiy 
qarashlar bilan uyg‘unlashtirishga о‘rgatishdan iborat.
Tabiatshunoslikni о‘qitishda estetik tarbiya serqirrali bо‘lib, uni dars, darsdan 
va sinfdan tashqari ishlar va ekskursiyalarda amalga oshirish imkoniyati mavjud. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin