178
milliy qadriyatlari asosida
jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan
ma’qullangan xulq-atvor meyorlari o’quv qo’llanmasi sanaladi. Barkamol shaxsni
kamolga yetkazishda ma’naviy-axloqiy yetuklik muhim ahamiyat kasb etadi. Shu
sababli, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta’limni
isloh qilish
yо‘nalishlaridan biri “milliy mustaqillik prinsiplari va halqning boy intellektual
merosi hamda umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta’limning barcha
darajalari va bо‘g‘inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy
va axloqiy fazilatlarini
rivojlantirish” deb belgilangan. Ushbu vazifalarni biologiyani о‘qitish jarayonida
hal etish uchun о‘qituvchi
darsda umumiy osoyishtalik, shaxsning rivojlanishi
uchun
qulay psixologik muhit, о‘quvchilarda ongli intizomni vujudga keltirishi,
tahsil olishdagi burch va ma’suliyatni tarkib toptirishi lozim.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri tabiatni о‘rganish
jarayonida о‘quvchilarda tabiat, mehnat, insonlarga nisbatan e’tiborli munosabatda
bо‘lish, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanish, topshirilgan vazifalarni tо‘la-
tо‘kis, sifatli bajarish, rasmiylashtirish, ongli intizom, burch va ma’suliyatni tarkib
toptirish, insonning qadr-qimmatini hurmat qilishga о‘rgatish sanaladi.
О‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda о‘quv faoliyatini rag‘batlantirish va
asoslash, ijobiy hatti-harakatlarni qо‘llab-quvvatlash,
salbiy holatlarni muhokama
qilish, о‘qituvchining shaxsiy namunasi va ijobiy hatti-harakatlarni kо‘rgazmali
kо‘rsatish muhim rol о‘ynaydi.
О‘quvchilarning organik olam va uning obektlarini о‘rganishda, о‘simliklar,
hayvonlarning rivojlanishi,
ularning xilma-xilligi, hayotini saqlab qolish va
kо‘paytirish uchun qayg‘urishi, g‘amxо‘rlik qilishi, yordam berishi haqidagi ilmiy
bilimlar, muayyan kо‘nikma va malakalarni tarkib toptirishga e’tiborini qaratishi
zarur. Tabiat, inson va jamiyat о‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirishda,
Yerda hayotni saqlab qolishda biologik bilimlardan
foydalanishning ahamiyati,
insonning tabiatga nisbatan insonparvarlashtirilgan munosabatining roli kо‘rsatib
о‘tiladi.
Dostları ilə paylaş: