51
Zoologiya о‘quv fanida esa hayvonot dunyosi tо‘g‘risida umumiy ma’lumot,
sodda xayvonlar, kovakichlilar, yassi chuvalchanglar, yumaloq chuvalchanglar,
xalqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bо‘g‘imoyoqlilar, xordali xayvonlar, tuban
xordalilar, baliqlar, suvda va quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar,
sut emizuvchilar, yerda hayvonot dunyosining paydo bо‘lishi va rivojlanishi kabi
mavzular о‘qitiladi.
Odam va uning salomatligi о‘quv fanida esa kirish, odam
organizmining umumiy obzori, tayanch xarakatlanish sistemasi, qon, qonning
aylanish sistemasi, nafas olish sistemasi, ovqat xazm qilish sistemasi, moddalar va
energiya almashinuvi, ayirish sistemasi – ichki sekretsiya bezlari, nerv sistemasi,
oliy nerv faoliyati, sezgi organlari, odam organizmining kо‘payishi va rivojlanishi,
odamning paydo bо‘lishi kabi mavzular diqqat markazida bо‘ladi.
Umumiy biologiya о‘quv fanida kirish, organik olamning-turli tumanligi,
stitologiya asoslari, hayotiy jarayonlarning kimyoviy asoslari, organizmlarning
kо‘payishi va individual rivojlanishi, genetika va seleksiya asoslari, genetik
injeneriya va biotexnologiya, evolyusion ta’limot, evolyusiya dalillari, organik
olamning paydo bо‘lishi va rivojlanishi, ekologiya asoslari, biosfera va uning
evolyusiyasi kabi mavzularni о‘tish kо‘zda tutilgan.О‘quv dasturi har bir mavzuni
о‘tish uchun soatlar ajratilgan, jihozlar, dars shakillari kо‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: