9
Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya fani bilan uzviy aloqador. U
biologik fanlarning deyarli barcha sohalari: botanika, zoologiya, odam anatomiyasi
va fiziologiyasi, stitologiya, biokimyo, embriologiya, sistematika, ekologiya,
evolyustion ta’limot, antropologiya molekulyar biologiya fan asoslarini o‘zida
ifoda qiladi. Tirik tabiat vakillarining tashqi, ichki tuzilishini hayot faoliyatini
tashqi muhit bilan aloqasini to‘g‘ri tushuntirish o‘simlik, zamburug‘, hayvon,
mikroorganizmlarni aniqlash, ulardan mikro va makropreparatlar tayyorlash, ular
ustida kuzatish, tajribalar olib borish, o‘qituvchidan yaxshi nazariy bilim, amaliy
tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin maktab biologiya o‘quv fani bilan biologiya fani
orasida muhim tafovutlar borligini O‘qituvchi yaxshi bilishi kerak. Biologiya
fanining asosiy maqsadi tirik va o‘lik tabiati to‘g‘risida tadqiqot o‘tkazishi oraliq
yangi bilimlarni hosil qilish bo‘lsa, maktab biologiya o‘quv fanining maqsadi,
o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda ularga biologik bilimlar, ya’ni biologik
tushuncha, qonunlar, nazariyalar berishdan bilimlar va uni tushuntirishdan iborat.
Maktab biologiya kursida fan emas, balki fan asoslari – o‘quvchilar uchun zarur
asosiy ma’lumotlar mujassamlashgan. Shu bilan birga maktab biologiya kursi
«kichik fan» emas, balki o‘quvchilarning rivojlanishi va tarbiyasiga ko‘mak
beruvchi biologiyani asosiy tushunchalar sistemasi sanaladi.
Dostları ilə paylaş: