11
2-§ BIOLOGIYA О‘QITISH METODIKASINING RIVOJLANISH TARIXI
Tabiiyotshunoslik maktablarga о‘quv fani sifatida 18-asr oxirida kiritilgan.
Bu soxada dastlabki darslikni V.F.Zuev yozgan.
Uning darsligi
“Anorganik
tabiiyot”, “О‘simliklar dunyosi”, «Xayvonlar dunyosi»
kabi bо‘limlardan tashkil
topgan. Birinchi bо‘lim tuproq, toshlar, tuzlar, yonilg‘i moddalar, toshga aylangan
organizmlar haqidadir. О‘simliklar dunyosi bо‘limida esa о‘simliklarning
hujayraviy
tuzilishi, har xil о‘simliklarning tasnifiga oid bilimlar berilgan.
Zoologiya bо‘limida ayrim hayvonlarning tashqi qiyofasi, hayot kechirishi hikoya
qilinadi.
V.F.Zuev darsligida о‘simliklar, xayvonlar morfologiyasi,
sistemasidan
tashqari ekologiyaga oid ma’lumotlar bor. Darslikda tabiiy, tasviriy kо‘rgazmali
qurollardan foydalanish haqida ham fikr bildirilgan.
XIX asrda nashr qilingan A.SH.Teryayev botanika
darsligi sistematika
fanining asoschisi Karl Linneyning
“Botanika falsafasi”
asaridan tо‘liq
kо‘chirilganligi sababli о‘quvchilar uchun tushunarli bо‘lmadi.
Rossiyada 1828-1852 yillar mobaynida
halq ta’limi sohasida isloh о‘tkazilib
tabiiyotshunoslik о‘quv fani maktab rejasidan olib tashlandi.
Lekin
keyinchalik
Dostları ilə paylaş: