O’zbekiston Respublikasi Xalq


yildan boshlab maktablarda qayta «tabiat haqida



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

1853 yildan boshlab maktablarda qayta «tabiat haqida 
umumiy tushuncha», «zoologiya», «botanika», «mineralogiya», «odam 
anatomiyasi va fiziologiyasi»
kabi fanlar о‘qitila boshlandi. Mazkur о‘quv fanlar 
bо‘yicha yozilgan darsliklar xajmi nihoyatda katta bо‘lib, undagi о‘quv materiallar 
juda murakkab bо‘lgani sababli о‘quvchilarda hech qanday qiziish uyg‘otmadi. 
Faqat V.I.Dal tomonidan
yozilgan botanika darsligi ekologiya va tabiatni 
muhofaza qilish bо‘yicha boy ma’lumotga ega bо‘lgani uchun u tushunarli bо‘lib 
о‘quvchilarda shu fanga nisbatan qiziqish uyg‘ota oldi. 
2.Tabiiyotshunoslikni maktablarda о‘qitilishi va uning metodikasi. XIX 
asrning ikkinchi yarmiga kelib CH.Darvinning organik olam evolyusiyasi 
tо‘g‘risidagi ta’limoti e’lon qilingandan keyin olimlardan A.N.Beketov, 
K.A.Timiryazev maktab tabiiyotshunoslik о‘quv fanini asosiy vazifasi 
о‘quvchilarning mantiqiy tafakkurni rivojlantirish va tarbiyalashdan iborat 


12 
ekanligini e’tirof etdilar. A.N.Beketov о‘quvchilarning mustaqil ravishda mantiqiy 
tafakkurini rivojlanishida tabiiyotshunoslik muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd 
qiladi. U tabiiyotshunoslikni о‘qitishda kо‘rgazma qurollardan keng foydalanish, 
tajribalar olib borish nihoyatda muhim ekanligini ta’kidlaydi. A.N.Beketovning 
о‘qitish sohasidagi fikrlari kо‘p jihatdan nemis tabiiyotshunos pedagogi Avgust 
Lyuben (1804-1873) qarashlarini eslatadi. Tabiiyotshunoslikga bag‘ishlangan 
uning darsligida bu fanning tarbiyaviy ahamiyati, xususan, о‘quvchilar olib 
boradigan mustaqil ishlarda, ekskursiyalarda ularni tadqiqot ishlar о‘tkazish 
kо‘nikmalarini hosil etish lozimligi ta’kidlanadi. A.Lyuben metodi bо‘yicha 
о‘quvchilar avvalo organik olamning alohida vakillari bilan mahalliy obektlar 
misolida tanishishlari kerak. Bunda iloji boricha tabiiy о‘simliklar, xayvonlar bilan 
boshqa holatlarda esa ularning yaxshi ishlangan tasvirlari bilan mashg‘ulot olib 
borish lozimligi uqtiriladi. О‘quvchilar о‘qituvchi taklif etgan reja asosida mustaqil 
о‘quv materiallarini о‘rganishlari bunda oddiydan murakkab, ma’lumdan 
no’malum tomon yо‘nalish ya’ni induktiv metod asosiy о‘rin egallashi kerak. 
Biroq maktablarda kо‘rgazmali vositalarning kamligi A.Lyubenning ilg‘or metodik 
kо‘rsatmalarini joriy yetishga tо‘sqinlik qildi. 
Bundan tasharqi A.Lyuben darsligida diqqat e’tibor faqat о‘simliklar 
morfologiyasi va sistematikasiga qaratilganligi tabiiyki pedagogik jamoatchilikni 
qanoatlantirmas edi. Bu esa о‘z navbatida tabiiyotshunoslikning mazmuniga mos 
bо‘lgan yangi pedagogik muammolarni hal etish zarurligini kо‘rsatardi. 
Tabiiyotshunos pedagog A.Y.Gerdning (1841-1888) faoliyati ana shu 
muammolarni 
hal 
etishga 
qaratildi. 
A.Y.Gerd 
fikricha 
Lyuben 
tabiiyotshunosligining eng katta kamchiligi uning mazmunini zamon talablariga 
mos emasligidir. A.Y.Gerd XIX asrning tabiiyotshunoslikning yirik metodisti 
sanaladi. Uning qayd etishicha maktab tabiiyotshunoslikining asosiy maqsadi 
о‘quvchilarga rivojlantiruvchi bilim berishdan hamda bilim olishdagi ularning 
mustaqilligini taraqqiy etdirishdan iboratdir. 
A.Y.Gerd faoliyatida darslarda tajribalarni namoyish qilish, ekskursiyalar 
о‘tkazish, amaliy mashg‘ulotlar olib borish muhim о‘rin tutadi. Olimning qayd 


13 
etishicha, tabiiyotshunoslikni о‘qitishdan kо‘zlangan vazifa organizmlarning 
xilma-xilligi bilan tanishtirish, ularning hayoti yorug‘lik, xarorat, namlik, havo va 
va boshqa organizmlarga bog‘liqligini tushuntirish, tabiatdagi sabab bilan 
oqibatning о‘zaro bog‘liqligini idrok etishdan iborat bо‘lmog‘i kerak. A.Y.Gerd 
Darvin tomonidan asoslangan evolyusion nazariya ta’sirida bо‘lgan va о‘z 
darsliklariga evolyusion prinsipini joriy etgan. U maktab tabiiyotshunoslik kursi:
1. Anorganik dunyo; 2.О‘simliklar dunyosi; 3. «Xayvonot dunyosi», «Odam», 
«Yer tarixi» kabi о‘quv fanlaridan tuzilgan bо‘lishi kerak deb ta’kidlqaydi. 
A.Y.Gerd faoliyati tufayli tabiiyotshunoslikni о‘qitish metodikasi pedagogika 
fanining alohida ilmiy shaxobchasi sifatida e’tirof etila boshlandi. 
3.XX asrda biologiya о‘qitish metodikasining xolati. XX asrdagi biologiya 
о‘qitish metodikasiga V.V.Polovstov katta xissa qо‘shdi. U 1907 yili 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin