29
Farobiy о‘z asarlarida
axloiy fazilatlarga
tо‘xtalib о‘z fikrlarini bayon etadi.
Axloqiy fazilatlar deganda
bilimdonlik, donolik va mulohazali bо‘lish, vijdonlilik,
kamtarlik
, kо‘pchilik ma’rifatini yuqori qо‘yish, xayot, ma’naviy yuksaklikka
intilish, adolatlilik kabi xislatlarni tushundi. Ammo bu xislatlarning eng muhimi
har
bir insonning bilimli, ma’rifatli bо‘lishidir. Shuning uchun Farobiy ahloq
tushunchasiga qalb bilan uzviy bog‘liq xolda tafakkurga asoslangan ahloq asosida
qaraydi.
Farobiyning talim-tarbiya yо‘llari, usullari, vositalari
haqidagi qarashlari
ham qimmatlidir. U insonda gо‘zal fazilatlar ikki yо‘l – ta’lim va tarbiya yо‘li
bilan hosil qilinadi. Ta’lim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya nazariy va
amaliy
fazilatlarni birlashtiradi, deydi. Har ikkalasi birlashsa, yetuklik namoyon
bо‘ladi. Farobiy ta’limda barcha fanlarni nazariy asoslari о‘rganilsa,
tarbiyada
ma’naviy ahloqiy qoidalar, odob meyorlari о‘rganiladi. Kasb – hunarga oid
malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi.
Farobiy ta’lim-tarbiyada rag‘batlantirish,
odatlantirish, majbur etish
metodlarini ilgari surgan. Har ikki usul ham insonni har kamol tamoyilga yetkazish
maqsadini kо‘zlaydi. Farobiyning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari hozircha о‘z
ahamiyatini saqlab kelmoda. Abu Rayhon Beruniy – jahon fanining taraqqiyotiga
g‘oyat ulkan xissa qо‘shgan zо‘r iste’dod egasi va tadqiqotchi edi. Uning о‘lmas
ilmiy asarlari jahon fani taraqqiyotida benihoya yuksak ahamiyatga molikdir.
Beruniyning yirik asarlariga «Mineralogiya», «Xindiston», «Geodeziya», «О‘tmish
yodgorliklari», «Skaydana» kabilarni olish mumkin. Beruniy har bir yaratgan
asarining kishi ruhiyatiga, qobiliyatiga mos, uni toliqtirmaydigan bо‘lishiga e’tibor
beradi. Beruniy yozadi: «Bizning maqsadimiz о‘quvchini toliqtirib qо‘ymaslikdir.
Hadeb bir narsani о‘qiy berish zerikarli bо‘ladi. Agar о‘quvchi
bir masaladan
boshqa bir masalaga о‘tib tursa, u xuddi turli-tuman bog‘-rog‘larda sayr qilgandek
bо‘ladi, bir bog‘dan о‘tar-о‘tmas, boshqa bog‘ boshlanadi. Keyin uning hammani
kо‘rish va tomosha qilgisi keladi». Beruniyning ilmiy bilimlarini egallash yо‘llari,
usullari haqidagi fikrlari hozirgi davrda ham dolzarbdir.
О‘quvchiga bilim berishda: