32
qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bо‘lgan.
Ibn Sino aqliy, axloqiy
tarbiya bilan bir qatorda inson kamolotida jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyatini
ham nazariy, ham amaliy jihatidan tahlil qiladi. Ibn Sinogacha insonning kamolga
yetishida jismoniy tarbiyaning ta’siri haqida bizlarda bir yaxlit ta’limot
yaratilmagan edi. Jismoniy mashqlar, tо‘g‘ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza
tutish, tartibga rioya etish, inson sog‘lig‘ini saqlashda muhim omillardan ekanini
ham ilmiy ham amaliy jihatidan asosladi.
Xulosa qilib aytganda, Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaviy qarashlarida insonning
ham aqliy, ham ahloqiy estetik hamda jismoniy tomondan rivojlanishi uning
kamolga yetishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi.
Dostları ilə paylaş: