O’zbekiston Respublikasi Xalq


Darsning rivojlantiruvchi maqsadi



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi
: О‘quvchilarni qushlarning xilma-xilligi 
va ahamiyati haqidagi bilimlari, darslik va qо‘shimcha adabiyotlar ustida mustaqil 
ishlash kо‘nikmalari, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish. 
Darsni jihozlash
: Parranda zotlarining rasmlari, tulumlari. 
Darsda foydalaniladigan texnologiya
: Didaktik о‘yin texnologiyasi 
(matbuot konferensiyasi). 
Darsning borishi

Tashkiliy qism. 
О‘quvchilarni darsning mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish.
Matbuot konferensiyasi darsi о‘qituvchining kirish sо‘zi bilan ochiladi. U 
kirish sо‘zida darsning mavzusi, maqsadi va borishi bilan о‘quvchilarni tanishtirib, 
bugungi matbuot konferensiyasi qishloq xо‘jaligining muhim tarmog‘i 
parrandachilikka bag‘ishlanishini, konferensiyada ishtirok etayotgan seleksioner 
olimlar, 
parrandachilik 
sohasida 
tadbirkorlik 
bilan 
shug‘ullanayotgan 
mutaxassislar, gazeta va jurnallarning muxbirlari ishtirok etayotganligini qayd 
etadi. 
Matbuot konferensiyasini о‘tkazish. 
Matbuot konferensiyasida muxbirlar rolini bajarayotgan о‘quvchilar olimlar 
va mutaxassislarga quyidagi savollar bilan murojaat etishlari mumkin: 
Respublikamizda parrandachilikning qanday tarmoqlari mavjud? 


115 
Respublikamizda tovuqlarning qanday zotlari boqiladi? 
Respublikamizda tuxum yо‘nalishidagi qanday zotlar boqiladi? 
Parrandachilikning qanday ahamiyati bor? 
Parrandachilik fabrikalarida parrandalar qanday oziqlantiriladi? 
Tovuqlarning tuxum qо‘yishi kun uzunligiga bog‘liqmi? Parrandachilik 
fabrikalarida bu muammolarni hal etish uchun qanday tadbirlar amalga 
oshirilmoqda? 
Jо‘ja ochirish jarayoni qanday amalga oshadi? 
Parrandachilikni rivojlantirishda nasldor parrandalar keltirib chiqarish muhim 
rol о‘ynaydi. Ularning jо‘jalari qayerlarda ochiladi?
Parrandachilikda tovuqlar bilan bir qatorda о‘rdaklar ham boqiladi. Ularning 
qanday zotlari bor? 
Xonaki g‘ozlar va kurkalarning qanday zotlari boqiladi va ulardan qanday 
mahsulotlar olinadi? Olimlar va mutaxassislar bu savollarga javob beradilar. 
Masalan, olimlar Respublikamizda tuxum yо‘nalishidagi qanday zotlar 
boqiladi? degan savolga quyidagicha javob berishlari mumkin: Respublikamizda 
tuxum yо‘nalishidagi parrandalardan rus oq tovug‘i zoti boqiladi. Bu zot Sankt-
Peterburg parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutlari oq legorn tovuqlariga 
avstralgorn zotining qonini quyish orqali chiqarilgan. Qon quyish jо‘ja ochish 
maqsaddida tо‘planadigan tuxumlarni yig‘ishdan 2,5 oy oldin boshlangan. Olingan
duragaylarga ham bir kg massa hisobiga 2,5 ml dan avstrolgorn zoti qoni quyilgan. 
Bundan tashqari, har yili zotdor xо‘rozlar va tovuqlar tanlanib, saralanishi 
natijasida sermahsul va hayotchanligi yuqori bо‘lgan mazkur zot keltirib 
chiqariladi. Bu zotga mansub tovuq va xо‘rozlarning о‘rtacha vazni 3,7 kg,
Bundan tashqari tovuqlari 5-6 oyda tuxumga kiradi, bitta tuxumning vazni 69 
g. bо‘lib, tovuqlar yiliga 200-300 ta tuxum beradi. Tuxum-gо‘sht yо‘nalishidagi 
tovuq zotlariga zagorsk, pervomaysk misol bо‘ladi. Ular orlov tovug‘ini, oq 
viandot va rod ayland zotlari bilan qayta-qayta chatishtirish orqali chiqarilgan. 
Uzoq vaqt davomida, tanlash va saralash natijasida sermahsul va yuqori sifatli 
gо‘sht beradigan zot keltirib chiqariladi. Bu zotga mansub tovuqlar va 


116 
xо‘rozlarning о‘rtacha vazni – 2,5 - 4 kg, bitta tuxumning vazni - 69 g bо‘lib, 
yiliga 250 tagacha tuxum beradi. Bu zotning afzalligi shundaki, bizning 
respublikamizda kо‘paytirish va boqish mumkin. Shu tariqa olimlar muxbirlarning 
savollariga asosli javob beradilar. 
Yangi mavzuni qayta ishlash. О‘qituvchi о‘quvchilar bilan birgalikda 
mavzuning asosiy mazmunini qayta ishlab chiqib, ularning umumiy xulosalar 
chiqarishiga yordam beradi. 
О‘quvchilarni rag‘batlantirish va baholash. Darsda faol ishtirok etgan 
“olimlar”, “mutaxassislar” va “muxbirlar” qayd etiladi va rag‘batlantiriladi. 
Darsni umumiy yakunlash. 
Uyga vazifa berish.


Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin