O’zbekiston Respublikasi Xalq


Modulli ta’lim texnologiyalari



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

Modulli ta’lim texnologiyalari

Modulli ta’lim texnologiyalaridan biologiyani о‘qitishda foydalanish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Modulli ta’lim texnologiyasining о‘ziga xos xususiyati darsda 
о‘rganiladigan mavzu mantiqiy tugallangan fikrli modullarga ajratiladi va modul 
dasturi tuziladi. Modul dasturi bu о‘quvchining mazkur darsda о‘quv-bilish 
faoliyatini boshqarish dasturi bо‘lib, u modul dasturining didaktik maqsadi, 
о‘kuvchilarning bajarishi lozim bо‘lgan о‘quv topshiriqlari, topshiriqlarni bajarish 
yuzasidan kо‘rsatmalarni о‘z ichiga oladi. 
Quyida dars loyihalari berilmoqda. 
Darsning mavzusi
: Ra’nodoshlar oilasi.
Darsning ta’limiy maqsadi
: О‘quvchilarni ra’nodoshlar oilasiga mansub 
yovvoyi va madaniy о‘simliklarning tuzilishidagi о‘ziga xos xususiyatlar bilan 
tanishtirish. 
Darsning tarbiyaviy maqsadi
: О‘simliklar olamiga nisbatan ongli 
munosabatni tarkib toptirish, ekologik, iqtisodiy, estetik va axloqiy tarbiya berish. 
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi
: О‘quvchilarning sistematik birliklar, 
о‘simliklarning tuzilishi haqidagi bilimlari, kuzatish, о‘simliklarni tanish va 
ajratish, darslik ustida mustaqil ishlash kо‘nikmalarini rivojlantirish. 
Darsni jihozlash
: na’matak, atirgul, olma, shaftoli, olcha, о‘rik gullarining 
tuzilishi mulyaji, gerbariylari, “Ra’nodoshlar oilasi” jadvali.
Darsda foydalaniladigan texnologiya
: Modulli ta’lim texnologiyasi 
(о‘quvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga mо‘ljallangan modul dasturi) 
Darsning borishi

I. 
Tashkiliy kism 


121 
II. 
О‘tgan mavzu yuzasidan о‘quvchilar bilimini test savol-topshiriqlari 
yordamida aniqlash va baholash. 
III. 
О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning 
faoliyatini о‘quv topshiriqlarini bajarishga yо‘llash. 
IV. Yangi mavzuni о‘rganish: 
a) yangi mavzu bо‘yicha tuzilgan modul dasturini tarqatish va о‘quvchilarni 
modul dasturining didaktik maqsadi bilan tanishtirish; 
b) о‘quvchilarning faoliyatini modul dasturidagi о‘quv topshiriqlarini 
mustaqil bajarishga yо‘llash; 
v) har bir о‘quv faoliyati elementi topshiriqlarining tо‘liq bajarilishini nazorat 
qilish, tegishli kо‘rsatmalar berish; 
g) har bir о‘quv faoliyati elementi yakunida savol-javob yoki munozara 
о‘tkazish.
О‘qituvchi ushbu darsda о‘rganiladigan о‘quv materialini quyidagi mantiqiy 
tugallangan fikrli ikki qismga ya’ni modulga ajratadi: 
Ra’nodoshlar oilasining umumiy belgilari. 
Oilaning yovvoyi va madaniy vakillari. 
Shu asosda quyidagi modul dasturi tuziladi. 
“Ra’nodoshlar oilasi” mavzusi bо‘yicha о‘quvchilarning kichik guruhlarda 
ishlashiga mо‘ljallangan modul dasturi. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin