O’zbekiston Respublikasi Xalq


Kabinetdagi va tirik tabiat burchagidagi darsdan tashqari ishlar



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

Kabinetdagi va tirik tabiat burchagidagi darsdan tashqari ishlar. 
Ishlar kо‘pincha kech kuzda, qishda va erta bahorda bajariladi. Asosan ular 
botanikani о‘qitishda qо‘llaniladi. Botanikadan darsdan tashqari ishlarni dasturning 
barcha mavzusi bо‘yicha berish mumkin. Masalan 
“Urug‘”
mavzusi bо‘yicha 
darsdan tashqari о‘quvchilar urug‘ning bо‘rtishini kuzatadilar, uning unuvchanlik 
foizini aniqlaydilar. Gulli о‘simliklar biologik xususiyatlarini kuzatadilar. 
Zoologiyadan darsdan tashqari ishlarda о‘quvchilar tirik tabiat burchagida sodda 
hayvonlarni 
kо‘paytirib, 
ularni 
mikroskopda 
о‘rganadilar. 
Halqali 
chuvalchanglarni о‘rganishda ularning tuproq hosil qilishdagi xarakatini
ta’sirlanishini kuzatadilar. Ayrim hasharotlar g‘umbagining metamorfozini 
о‘rganishlari mumkin. 
Odam va uning salomatligi bо‘yicha tirik tabiat burchagida о‘tkazilayotgan 
darsdan tashqari ishlar uncha xilma-xil emas, ular asosan uch xil bо‘ladi:
1) xayvonlarda shartli refleks hosil qilish ekologik va fiziologik tajribalar 
qо‘yish;
2) ergograf, tonometr, spirometr bilan ishlash; 
3) mikroskop bilan ishlash.
Oddiy meditsina kо‘nikmalari suyak singanda
qon ketganda birinchi yordam kо‘rsatish, sun’iy nafas olish kabilar ham darsdan 
tashqari vaqtda о‘qituvchi rahbarligida olib boriladi. Umumiy biologiyadan tirik 
burchakda о‘quvchilarga botanika va zoologiya obektlari bilan ishlash uchun 
topshiriq berish mumkin. Bundan maqsad darslarda о‘rganilayotgan organik dunyo 
qonuniyatlarini kuzatishdan iboratdir. Agar ba’zi о‘qtuvchilar tirik burchakda har 
xil о‘simliklarga turli ekologik omillarning ta’sirini о‘rganish bо‘yicha tajriba 
qilsalar, boshqalari shu mavzuda xayvonlar bilan tajriba о‘tkazadilar. Masalan, 
о‘simlikning о‘sishiga quyosh nuri va sun’iy yoruqligining ta’siri yoki nixolning 


133 
о‘sishi va rivojlanishiga quyosh nuri va haroratning ta’siri, irsiyat haqida aniq 
tushunchaga ega bо‘lish uchun xayvonlardan drozofila, akvarium balig‘i guppi 
ustida chatishtirish bо‘yicha tajribalar qо‘yadilar. Ayniqsa vegetativ kо‘payish, 
organizmlarning moslashganligini, sun’iy biotsenozlar yaratish, kun uzunligini
о‘simlik va hasharotlar g‘umbag‘ining rivojlanishini о‘rganishga oid tajribalar 
qо‘yish nihoyatda qiziqarlidir. Bitta tajribadan bir necha mavzularni о‘rganishda 
ularga monand holda foydalanish mumkin. 
Eng asosiysi о‘quvchilarning darsdan tashqari ishlaridan darslarda 
pedagogik maqsadda tо‘la foydalanishdan, ya’ni puxta о‘ylangan tarzda teskari 
bog‘lanishlarni amalga oshirishdan iboratdir. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin