136
Darslik bо‘yicha uy vazifalari о‘tilgan darsda hosil
qilingan bilimlarnigina
emas, balki undan oldin о‘zlashtirilgan bilimlarni ham mustahkamlash yuzasidan
bо‘lishi mumkin. Darsda о‘qituvchi ish uslublari sistemasi vositasida о‘quvchilarni
uyda darslikdan tо‘g‘ri foidalanishni о‘rgatib boradi. Bu uslublar quyidagilardan
iborat: Yuzaki qarab chiqish orqali darslik materiali haqida dastlabki tushunchaga
ega bо‘lish.Matnning bir muncha qiyin qismlarini, ta’riflarni, qonun, qoidalarni,
lug‘atlarni о‘qish
va taxlil qilish, rasm, sxema, jadvallarni kо‘rib chiqish va
ma’nosini tushinib olish, raqamli ma’lumotlarga e’tibor berish.
О‘quvchilar uyda darslik bilan ishlaganda matnni о‘rganishdan oldin, maqola
yoki mavzuning asosiy qoidalarini aniqlab olishlari va boshqa ma’lumotlardan
ajratib olishlari kerak. Yuqori sinf о‘quvchilari darslikni о‘qish vaqtida qisqacha
yozib borishlari foydalidir, ular о‘rgangan matnni xotirada kо‘proq qolishga
yordam beradi. Darslik mavzulari bо‘yicha
rejalar tuzish, tezis va maqolalar
yozish, bularning hammasi о‘quvchilarni darslikdan tо‘laroq va chuqurroq
foydalanishga, uy vazifasini tushunib tayyorlashga yordam beradi. Bilimlarni
mustahkamlashda rasmlar katta ahamiyatga ega bо‘ladi. О‘quvchilar faqat og‘zaki
javob berib qolmay,
balki ayrim gullarning, xayvonlarning va ularning
organlarining tuzilishini, sxematik chizishni ham bilishlari kerak. Shuningdek, ular
qon aylanish, nafas olish, ovqat xazm qilish, moddalar
almashinuvini sxemasini
chizishni ham bilishlari zarur. Uyda bajariladigan amaliy ishlar tabiiy material
bilan mustaqil amaliy ish bajarishni talab etuvchi har xil topshiriqlar katta
ahamiyatga ega. Uy vazifalari morfologik va fiziologik xarakterda bо‘lishi
mumkin. Morfologik xarakterdagi vazifalar gerbariy tayyorlash, gul qismlarini
ajratish.kabilar darsda tegishli materialni о‘rganilgandan sо‘ng
bilimni
mustahkamlash uchun beriladi. Fiziologik mazmundagi topshiriqlarni tajriba yoki
kuzatish natijalaridan tegishli darslardan foydalanish uchun olidindan berish
ma’qul.
Dastlabki eksperimental ishlarni ma’lum muddatda qaysi darsda foydalanish
uchun ularni о‘quvchilarga topshirish vaqtini hisoblab chiqish zarur.bunday uy
137
vazifalari kо‘proq botanikadan bо‘lishi mumkin. Ularni bajarish uchun taxminan
necha kun kerakligi quyida keltirilgan
Gerbariy quritish uchun – 7 kun
Urug‘ning har xil sharoitda unib chiqishi – 7 kun
Ildizning о‘sishini kuzatish – 10 kun
Qalamcha va parxishdan о‘simlik о‘stirish uchun – 14 kun
Tajribalar natijasini о‘quvchilar о‘qituvchining kо‘rsatmasiga binoan tegishli
darslarga olib keladilar. Tajribalar haqida ma’lumot beradilar. О‘z
tajribasini
о‘qituvchi bajarayotgan tajriba bilan taqqoslaydilar. Zoologiya bо‘yicha amaliy
ishlar asosan kuzatishlar bilan bog‘liqdir. Masalan: qushlarning in qurishi, tuxum
bosib yotishi, qaldirg‘ochlarning jо‘jalariga hasharotlar olib kelishi kabilardir.
Odam va uning salomatligi kursidan uy vazifalari ham amaliy va tadqiqiy
mazmunda bо‘lishi mumkin. Bularga uy sharoitlarida suyaklarni kuydirish, ularni
kislotaga solish, hayvonlarda shartli reflekslar hosil qilish kabilarni olish mumkin.
Umumiy biologiya kursidan ham tabiiy obektlar bilan ishlash bо‘yicha har xil
mustaqil topshiriqlar bо‘lishi mumkin. Bunday topshiriqlar organizm shakllarining
xilma-xilligini о‘zgaruvchanligini va moslanishlarini
har xil ekologik omillarini
organizmga ta’sirini о‘rganish yuzasidan bо‘lishi mumkin. Uyda о‘tkazilgan
tajriba natijalari tо‘plangan gerbariy va kolleksiyalar darslarda foydalaniladi.
О‘quvchilarning axborotlari о‘qituvchi bayon qiladigan materialga kiritiladi.
O’quvchi yoshlarning ijodiy ishlarini ommalashtirish, shu jumladan dunyo
bozoriga milliy an’analarimiz asosida maktablarda fan to’garaklarining faoliyati,
o’quvchilar tomonidan yaratilgan mahsulotlarni namoyish qilish,
maktabdan
tashqari ta’limga o’quvchilar qamrovini oshirish, o’quvchilar qiziqishlariga ko’ra
to’garaklarni tashkil etish va doimiy faoliyat olib borishiga jiddiy e’tibor berish
aytib o’tilgan.
Dostları ilə paylaş: