O’zbekiston Respublikasi Xalq


Tabiatdagi darsdan tashqari ishlar



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

Tabiatdagi darsdan tashqari ishlar 
asosan morfologiya, ekologiya va 
sistematikaga doir hodisalarni aniqlashga va gerbariy hamda kolleksiyalar 
tayyorlashga yordam beradigan kuzatishlar uchun topshiriqlar beriladi. Ular 
asosan yozda bajariladi va shuning uchun kо‘pincha yozgi topshiriqlar deb ataladi. 
Yoz davomida V sinf о‘quvchilariga poya, ildiz va barglari har xil shakldagi 
о‘simliklarni yig‘ish: VI sinf о‘quvchilariga madaniy va yovvoyi о‘simliklarni 
yig‘ish va gerbariy tayyorlash; VII sinf о‘quvchilariga xayvonlar ustida kuzatish 
olib borish, hasharotlardan kolleksiyalar tо‘plash kabi topshiriqlar beriladi. 
О‘simliklarni hamda ularda yashaydigan hasharotlarni, ular yetkazgan zararlarni, 
ularning rivojlanish fazalarini kо‘rsatadigan biologik kolleksiyalar katta 
ahamiyatga ega. О‘qituvchi ixtiyorida yozda chet ellarga ota-onalari bilan 
sayohatga boruvchi о‘quvchilar yordamida xonani qiziqarli obektlar bilan boyitish 
uchun imkoniyat bor. О‘qituvchi о‘quvchilarning qayerga borishini oldindan bilib 
olib, kabinet uchun kerakli obekt olib kelish tо‘g‘risida topshiriq beradi. Albatta 
bunday topshiriqlar tabiat muhofazasini hisobga olgan holda bо‘ladi. 
V, VI va VII sinflarda sistematik ravishda olib boriladigan fenologik 
kuzatishlar alohida о‘rin tutadi. О‘quvchilar har kuni kundaliklariga tabiatdagi 
mavsumiy о‘zgarishlarni yozib boradilar. О‘simlik va xayvonot dunyosida olib 
boriladigan fenologik kuzatishlar obhavoning holati bilan bog‘lanadi. Elementar 
metrologik kuzatishlar olib boriladi. Bu kuzatish ma’lumotlari о‘simliklar va 


134 
hayvonlarning rivojlanishi hamda hulq-atvori bilan taqqoslanadi. Tirik tabiat 
burchagida, uchastkada va tabiatda bajariladigan darsdan tashqari ishlar darsda 
о‘rganish uchun qiziqarli material beradi, о‘quvchilarda mustaqil ishlash uquv va 
kо‘nikmalarini tarbiyalaydi, tabatga qiziqishni rivojlantiradi. Bunday ishlarni 
bajarish uchun о‘kuvchilar, odatda, topshiriqlarda kо‘rsatiladigan о‘simlik va 
hayvonlar 
tо‘g‘risidagi 
maxsus 
adabiyotlarga, 
ma’lumotnomalarga, 
ensiklopediyalarga murojat qiladilar. Ayni shu darsdan tashqari ishlar yordamida 
о‘quvchilarda bilimni chuqurlashtirish uchun kitoblarga doimiy murojat qilish 
ehtiyoji tarbiyalanadi. Dars bilan uzviy bog‘liq holda darsdan tashqari ishlar 
biologiya о‘qitishning majburiy shakli bо‘lib qoldi, ular darsni davom ettiradi va 
mustahkamlaydi. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin