164
Sodda hayvonlardan
tufelkaning kulturasi, dars va darsdan tashqari ishlar
uchun doim tirik burchakda bо‘lishi kerak, buning uchun bir oz somon yoki
pomidorning quritilgan bargi bо‘lishi kerak.
Sentabr oylaridan boshlab akvariumda gidra,
akam-tukam va boshqa
chig‘anoqli shilliqurtlarni tayyorlab qо‘yiladi. Maxsus yashiklarda yomg‘ir
chuvalchangini saqlash mumkin. Yashik navbat bilan qatlam – qatlam qilib
tо‘kilgan barglar, poliz tuprog‘i bilan tо‘ldiriladi va unga 50 tacha chuvalchang
joylashtiriladi. Uni salqin joyda saqlash kerak. Mayda sut emizuvchilar, suvda ham
quruqlikda yashovchilar ham sudralib yuruvchilar terrariumlarda saqlanadi.
Terrarium о‘tloq, chо‘l va boshqalar shaklida bezatiladi. Botqoqlik hosil qilish
uchun temir yoki plastmassa vannacha qо‘yiladi. Olmaxon, tо‘ti va boshqa sayroqi
qushlar maxsus kataklarda boqiladi.
Tirik tabiat burchagi uchun ajratilgan xonada har-xil hayvonlarni, masalan:
akvarium va mahalliy baliq turlari, suvda ham quruqlikda yashovchilarni, sudralib
yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarni boqish mumkin. Maktabning о‘quv
tajriba
uchastkasida tovuq, nutriya, norka, quyon kabi hayvonlarni boqish tavsiya
etiladi.
Agar tirik tabiat burchak uchun ajratilgan xona kichik bо‘lsa yoki torlik
qilsa, unda bir muncha yirik qushlar va hayvonlarni saqlash mumkin. Dars vaqtida
о‘quvchilarning fikrlarini bо‘lmaydigan boshqa obektlarni bevosita biologiya
xonasiga joylashtirish mumkin. Turli tovush, qо‘lansa hid chiqaradigan hayvonlar
alohida kichik xonada saqlanadi.
Tirik tabiat burchagidagi hayvonlarning kо‘plari
ustida zoologiya, odam va
uning salomatligi, umumiy biologiya bо‘yicha zarur tajribalar qо‘yilishi mumkin.
Masalan; “moddalar almashinuvi” mavzusiga oid V va S avitaminozlar hosil
qilish bо‘yicha, quyonlarning og‘irligi oziq sifatining ta’siri, tuproq rangining baqa
tanasining rangiga ta’sirini, it baliqdagi metamorfozni о‘rganish mumkin.
Tirik tabiat burchagi yosh tabiatshunoslarning ish joyi hamdir. Bu yerda
yosh tabiatshunoslar
kuzatuv ishlarini olib borib, uni natijalarini yozadilar,
hayvonlar uchun oziq tayyorlaydilar,turli moslama yasaydilar va ta’mirlaydilar.
165
Tirik tabiat burchaklaridagi har bir hayvonning nomi yozilgan etiketkasi,
parvarishlash qoidasi va oziqlantirish normasi hamda tajriba о‘tkazayotgangan
о‘quvchining familiyasi kо‘rsatilgan bо‘lishi kerak.
Hayvonlar burchakda tip va sinflar bо‘yicha
guruxlarga ajratiladi, lekin
guruhlashtirish yashash muhiti bо‘yicha va ularning tegishli о‘simlik bilan birga
bо‘lishi mumkin.
Sinfning yoki tirik burchakning birorta derazasida о‘simliklarning “tirik
sistema”sini tasvirlab kо‘rsatish mumkin, bu V, VI, X, XI – sinflar uchun
foydalidir. Buning uchun xona va yovvoyi о‘simliklardan
foydalaniladi, ular
derazalarga bir avlodning turlari, bir oilaning avlodlari shu kabilar tartibida
joylashtiriladi. Hayvonlar sistemasini tirik obektlarni tulumlari bilan, ba’zi xollarda
rasmlar bilan birga kо‘rsatish mumkin. Bu о‘quvchilar uchun kо‘rgazmali quroldir.
Maktab tirik tabiat burchagida alohida sinflar uchun,
qandaydir qismlarni
ajratish pedagogik maqsadga muvofiq emas. Unda о‘quvchilar jamoatchilik,
о‘simlik va hayvonlar dunyosining tabiiy birligini tushunib olish ruhida
tarbiyalansinlar.
Dostları ilə paylaş: