216 Motiv – ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun asos bo’ladigankishining ichki
faoliyat mazmuni.
Motivatsiya – biologik jihatdan insonning irsiy va to’plangan tajribasi asosida
individual va guruhiy ravishda ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan, undaydigan
tuyg’u.
Muammoli vaziyat – hayotdagi yoki o’quv vaziyati bo’lib, u mashaqqat bilan
hal qilinadigan masala tufayli yuzaga keladi.
Muammoli ma’ruza – talabani o’ylashga, taqqoslashga, yechimini topishga
undaydigan ma’ruza.
Munozara – 1) matbuotda, suhbatda biror bahsli masalani muhokama, qilish,
bahs; 2) muayyan muammo bo’yicha fikr almashishga asoslangan ta’lim metodi.
Mustaqil ishlar – bilimlarni egallash bilan birga ko’nikmalarni shakllantirish
ham mustaqil amalga oshiriladigan faoliyat, vazifa.
Nazariy tahlil – pedagogik hodisalarni alohida jihatlari, belgilari, xususiyatlari,
o’ziga xosligini aniqlash va tahlil etish.
Obyekt – insonning, subektning bilish predmeti va faoliyati.
Oliy ta’lim muassasalarining akkreditatsiyasi – oliy ta’lim muassasi faoliyat
darajasining OT DTS mezon va talablariga javob berishining davlat tomonidan
e’tirof etilishi.
Pedagog – tarbiyachi, o’qituvchi, dars beruvchi.
Pedagogika – yosh avlod ta’lim va tarbiyasi haqidagi fan.
Pedagogikaning nazariy vazifasi – ilg’or va yangi pedagogik tajribalarni
o’rganish.
Pedagogik jarayon – ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga
qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilarning maqsadli
o’zaro munosabatlari.
Pedagogik jarayon tamoyillari – pedagogik faoliyatni tashkil etishning asosiy
talablari bo’lib, u pedagogik jarayonning yo’nalishini ko’rsatadi va uning
qonuniyatlarini ochib beradi.