62
birinchi navbatda ilmiy tushunchalar kiradi. Ular biologiyaning ayrim sohalariga
oid xususiy va biologiyaning barcha sohalariga xos bо‘lgan umumiy biologik
tushunchalardan tashkil topadi. Ana shunday umumiy biologik tushunchalar
qatoriga organizmlarning hujayraviy tuzilishi, modda va energiyaning almashinuvi,
organizm va muhitning о‘zaro birligi, irsiyat о‘zgaruvchanlik organik olam
evolyustiyasi tushunchalari kiradi. Biologiya о‘quv fani mazmunining yana bir
komponenti bо‘lib g‘oyalar hisoblanadi. Biologiya ta’lim mazmunida о‘quvchilar
ongiga organik olam evolyustiyasi, tirik tabiat tuzilishining har darajada ekanligi,
organ tuzilishi bilan funksiyasining о‘zaro bog‘liqligi, biologik sistemalarning
tabiiy muhit bilan aloqadorligi, о‘z-о‘zini boshqarish va nihoyat nazariya bilan
amaliyotning birligi kabi g‘oyalar singdiriladi. Biologiya о‘quv fanining
mazmunini yana bir komponenti bо‘lib biologik qonunlar hisoblanadi. Ana
shunday biologik qonunlardan о‘quvchilar Mendel va Morganning irsiyat
qonunlari, Ber qonuni, Xardi-Vaynberg qonuni, V.I.Vernadskiyning atomlarning
biogen migrastiyasi qonuni kabilar bilan tanishadilar. Biologiya fan mazmunining
yana bir komponenti ilmiy nazariyalardir. Umumiy о‘rta ta’lim biologiya о‘quv
ta’lim mazmuniga CH.Darvinning organik olamning evolyustion nazariyasi,
A.N.Severstovning
filembriogenez
nazariyasi,
T.Morganning
xromosoma
nazariyasi va nihoyat hozirgi zamon gen nazariyasi kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: