66
10-§
BIOLOGIYANI О‘QITISHDA О‘QUVCHILARDA MUSTAQIL VA
IJODIY FAOLIYATINI TARKIB TOPTIRISH.
Fikr inson faoliyati, uning о‘z kuchi, qudrati
va bilimini tashkil etuvchi
ma’naviy-insoniy sifatidir. Fikr rivoji ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotning asosiy
harakatlantiruvchi kuchi bо‘lganligi uchun, biologiyani о‘qitish jarayonida
о‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish zarur.
PISA testlari 5 ta yo’nalish bo’yicha o’tkaziladi: -(
inglizcha-
programme for International student assessment)
O’qish, matematik
savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar hamkorlikda hal qilish
va moliyaviy savodxonlik
yo’nalishlari. O’zbekiston 2021 yilda 3- yo’nalish: O’qish, matematik savodxonlik
va tabiiy-ilmiy fanlar yo’nalishlari bo’yicha testlarda qatnashishi rejalashtirilgan.
Testlarda asosiy e’tibor o’quvchilarning mazkur yo’nalishlar bo’yicha asosiy
tushunchalarni bilishi, bazaviy bilim va ko’nikmalarni egallagani, ulardan hayotiy
vaziyatlarda foydalana olishiga qaratilgan. Bu testlarda o’quvchilarning dars
davomida aniq mavzular bo’yicha o’rgangan bilimlarni sinovdan o’tkazish nazarda
tutilgan.
Biologiyani о‘qitishda о‘qituvchi о‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr
yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish uchun avvalo: О‘quvchilarning darsda
mustaqil ishlashlari uchun о‘quv topshiriqlarini tuzishi;
Biologik obektlar,
tabiatdagi mavsumiy о‘zgarishlarni о‘rganish maqsadida tajriba va kuzatish
о‘tkazish yuzasidan kо‘rsatmalar tayyorlashi: О‘quvchilarning qiziqishlarini
hisobga olgan holda ularning mustaqil ta’limi uchun qо‘shimcha adabiyotlar va
multimedialarni tanlashi lozim.
О‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish
uchun, ta’lim-tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasini qо‘llash
zarur. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy g‘oyasi о‘quvchilarni har
tomonlama rivojlantirish sanaladi. Mazkur texnologiyaning asosiy xususiyatlari:
о‘quvchilarni о‘z bilish faoliyatini subektiga aylantirib, fikr yuritish mexanizmini
shakllantiradi, rivojlantiradi.О‘quvchilarning bilish faoliyati
emperik va nazariy
bilish yaxlitligida tashkil etilib, о‘qitish jarayonida bilimlarni deduktiv usulda
67
о‘rganish ustuvor bо‘ladi. О‘qitish jarayonining asosini о‘quvchilarning о‘quv
topshiriqlarini bajarish orqali vujudga keltiriladigan mustaqil faoliyat tashkil etadi.
О‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga zamin tayyorlab,
bu jarayonda tanqidiy va
ijodiy fikr yuritishni shakllantirish ustuvor yо‘nalish sanaladi. Fikr yuritishning bu
ikki tipi bir-birini tо‘ldiradi va taqozo etadi. Tanqidiy fikr yuritish shaxsning
voqea va hodisalar haqidagi munosabati va fikrini vujudga keltirib, uning tarkibiga
quyidagilar kiradi: Tahliliy fikr yuritish (axborotni tahlil qilish, zarur faktlarni
tanlash, taqqoslash, faktlar va hodisalarni chog‘ishtirish).
Tabiiy –ilmiy
savodxonligi; hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi
mumkin bo’lgan muammolarni aniqlash, kuzatish va tajribalar asosida xulosalar
chiqarish kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi
olamni tushunish va inson
faoliyati natijasida unda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni anglab yetish, shunga
ko’ra kerakli qarorlar qabul qila olish ko’nikmasini rivojlanishiga imkon yaratadi.
Dostları ilə paylaş: