69
shakllantirish va rivojlantirish mumkin emas. Ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalari
ijodiy faoliyat tajribalarining asosini tashkil etadi. Ijodiy faoliyat tajribalarini
egallashda о‘quvchilar aqliy faoliyat usullari bо‘lgan о‘rganilayotgan obektni tahlil
qilish,
taqqoslash, tarkibiy qismlarga ajratish,
sintezlash, sabab-oqibat
bog‘lanishlarini
tasavvur qilish, umumlashtirish va xulosa yasashni egallagan
bо‘lishlari lozim. Shundagina о‘quvchilar ijodiy faoliyatning
asosini tashkil
etadigan xususiyatlar:
Tanish obektlarning yangi xususiyatlari va vazifalarini topishi;
Tanish vaziyatlardagi muammolarni mustaqil ravishda hal etish;
Bilim va kо‘nikmalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qо‘llash orqali
muammoni hal etish;
О‘zlashtirgan bilim va kо‘nikmalarni amaliyotda ijodiy qо‘llashga о‘rganishi
mumkin.
О‘quvchilarda
mustaqil
va
ijodiy
fikr
yuritish
kо‘nikmalarini
rivojlantirishning muhim sharti, о‘quvchilarning о‘z fikrlarini dalillash va asoslash
sanaladi. Shu sababli, о‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalari
asosan, о‘quv munozaralari va bahslar orqali rivojlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: