O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

О‘qitish 
manbalari 
bо‘yicha 
О‘quvchilar faollik darajasiga kо‘ra 
Reproduktiv 
(qayta aytib berish) 
Qisman 
qidiruv 
Tadqiqotchili

Og‘zaki 



Kо‘rgazmali 



Amaliy 



Taniqli didaktik olim Y.K. Babanskiy о‘qitish metodlarini quyidagi 
guruhlarga ajratgan: 
1.
О‘qitishning og‘zaki metodlari (hikoya, suhbat, о‘quv 
ma’ruzasi). 
2.
О‘qitishning kо‘rgazmali metodlari. 
3.
О‘qitishning amaliy metodlari. 


74 
4.
О‘qitishning muammoli-izlanish metodlari. 
5.
О‘qitishning mantiqiy metodlari. 
6.
Mustaqil ishlash metodlari. 
7.
О‘qitishda о‘quvchilar faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash 
metodlari. 
8.
О‘qitishning nazorat va о‘z-о‘zini nazorat qilish metodlari. 
Quyida о‘qitishning reproduktiv metodlari bо‘lgan og‘zaki metodlari (hikoya, 
suhbat, о‘quv ma’ruzasi), kо‘rgazmali, amaliy metodlarining tavsifi beriladi: 
О‘qitishning og‘zaki bayon metodlari guruhi. О‘qitish jarayonida og‘zaki 
metodlardan doimo va muntazam foydalanib kelingan. Bu metodlar metodlar 
ichida ustunlik qilgan davrlar ham bо‘lgan. Hozirgi kunda an’anaviy ta’lim 
tizimida og‘zaki metodlar ustunlik qiladi. Keyingi yillarda og‘zaki metodlarni 
tanqid qilish, ularni о‘quvchilar faoliyatiga faol ta’sir kо‘rsatmaydigan metodlarga 
kiritish odat tusiga aylangan. Metodlarga baho berishda xolisonalo yondashish 
zarur, uning ahamiyatini mutlaqlashtirish, bо‘rttirib kо‘rsatish mumkin emas, 
shuningdek, pasaytirishga ham yо‘l qо‘yib bо‘lmaydi. 
О‘qitishning og‘zaki bayon metodlari qо‘llanilganda о‘qituvchining sо‘zi 
о‘quvchilarning bilim olishlari uchun asosiy manba hisoblanadi, ya’ni о‘qituvchi 
о‘quvchilarga sо‘zlar vositasida bilim beradi, о‘quvchilar faoliyatini eshitish, fikr 
yuritish, berilgan savollarga javob topishga yо‘naltiradi. Shuning uchun 
о‘qituvchining sо‘zi oddiy axborot bо‘lmasdan, balki ishonchli, asoslovchi, 
о‘quvchilarning faoliyatini faollashtiruvchi ta’sir kuchiga ega bо‘lishi kerak.
О‘qituvchining yorqin, hissiyotli, dalillarga asoslangan, mantiqiy ketma-
ketlikda tuzilgan, kо‘rgazmali hikoya, suhbat, ma’ruzalari hozir ham о‘z qimmatini 
yо‘qotmagan. Og‘zaki metodlar qisqa muddatda katta hajmdagi о‘quv materialini 
о‘quvchilar ongiga yetkazish, muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, ularni hal 
etish yо‘llarini kо‘rsatish, о‘quvchilarning nutqini rivojlantirish imkonini yaratadi. 
Shuningdek, kо‘pchilik metodlar о‘qitish jarayonida og‘zaki metodlar bilan 
uyg‘unlashtirilgan holda qо‘llaniladi. Og‘zaki metodlarning muvaffaqiyatli 
qо‘llanilishi, о‘qituvchining: nutq madaniyatini egallaganlik, jumladan, nutqning 


75 
ravonligi, ovoz kuchi, intonatsiya, axborotlarning obrazliligi, ishonchliligi, 
asoslovchi, isbotlovchi, emotsiyali, shaxsiy munosabat bilan yо‘g‘rilganlik 
darajasiga; axborot texnologiyalari asosida yaratilgan elektron darsliklarda ovoz, 
animatsiya, harakatlarning uyg‘unlik darajasiga bog‘liq bо‘ladi. Og‘zaki bayon 
metodlari guruhi о‘z ichiga suhbat, hikoya, ma’ruza metodlarini oladi. Hikoya 
metodi о‘quvchilarga о‘quv materialini yaxlit holda savollar berib, uzmasdan 
bayon etishni nazarda tutadi. Yangi mavzu mazmunida yangi tushunchalar, ilmiy 
axborot kо‘p bо‘lgan taqdirda, shuningdek, о‘qituvchi о‘quv materiali yuzasidan 
faol suhbat о‘tkazish imkoni bо‘lmagan, izohlash va tushuntirishi lozim bо‘lgan, 
о‘quv materialining hajmi katta bо‘lib, uni dasturda belgilangan vaqtda о‘rganish 
zarur bо‘lgan hollarda hikoya metodidan foydalanadi. Hikoya metodidan darsning 
qaysi bosqichida foydalanishiga kо‘ra hikoya metodining didaktik maqsadi turlicha 
bо‘ladi. Darsning kirish qismida foydalaniladigan hikoya metodi о‘quvchilarning 
yangi mavzu mazmunini idrok qilishga tayyorlash sanaladi. Mazkur jarayonda 
hikoya metodi mazmun jihatdan о‘quvchilarda yangi mavzuni о‘zlashtirishga 
bо‘lgan ehtiyojni vujudga keltirish, barqaror qiziqishni uyg‘otish, dars davomida 
bajarilishi lozim bо‘lgan о‘quv topshiriqlarining maqsadini anglashni ta’minlashga 
qaratiladi. Yangi mavzuni о‘rganish jarayonida foydalaniladigan hikoya metodi 
mazmun jihatdan yangi mavzu mazmuni mantiqiy ketma-ketlikda, izchillikda 
rivojlantirilib boriladi, asosiy tushuncha va atamalar alohida ta’kidlanib, 
kо‘rgazmali vositalari va ishonarli misollar foydalanilgan holda bayon etiladi. 
Darsning yakunlash qismida foydalanilgan hikoya metodida о‘qituvchi о‘rganilgan 
mavzu mazmuni yuzasidan asosiy fikrlarni umulashtiradi, yakunlaydi, xulosa 
chiqaradi, о‘kuvchilarga mustaqil ish topshiriqlarini tavsiya etadi. О‘quvchilarning 
bilimlarini nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan hikoya metodi 
о‘quvchilarning muayyan mavzularni hikoya qilishini taqozo etadi. 
О‘quvchilarning hikoyalari ularning ilmiy dunyoqarashi, nutq va muloqot 
madaniyatini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi. Bunda о‘quvchilar yangi mavzu 
mazmunidagi asosiy g‘oyani ajratish, о‘z fikrini asoslash va dalillash, qisqa va 
lо‘nda, mantiqiy ketma-ketlikda bayon etish, kо‘nikmalarini egallaydi. Hikoya 


76 
metodini qо‘llashning samaradorligi о‘qituvchining dars rejasini puxta tuzishi, 
mavzu mazmunini yoritishning eng izchil yо‘lini tanlashi, kо‘rgazmali vositalar, 
tarqatma va didaktik materiallarni tо‘plashi, bayonning tegishli darajadagi 
kо‘tarinki ruhini ta’minlashni taqoza etadi. Hikoya metodining tarkibiga quyidagi 
metodik uslublar kiradi: О‘quv materialini jonli, obektlarga xos xususiyatlarni 
bayon qilish, axborotning ilmiyligi, izchilligi, tushunarliligi, nutqning ravonligi va 
ifodaliligi uslubi.
Suhbat metodi о‘qituvchining о‘quvchilar tomonidan yangi mavzu 
mazmunidagi 
qonuniyat, 
tushuncha 
va 
atamalarning 
izchillikda 
faol 
о‘zlashtirishini ta’minlovchi puxta о‘ylangan savollar vositasida ishlashini nazarda 
tutadi. Suhbat metodi yordamida о‘quvchilarning avval о‘zlashtirgan bilim va 
kо‘nikmalari faollashtiriladi, tizimga solinadi, umumlashtiriladi, xulosa chiqariladi 
va yangi о‘rganilayotgan tushuncha bilan о‘zaro aloqadorligi yoritiladi. Shuni qayd 
etish kerakki, о‘quvchilarning avval о‘zlashtirgan bilimlari asosida yangi mavzuni 
savollar yordamida о‘zlashtirish imkonini beradigan mavzular suhbat metodi 
vositasida о‘rganish tavsiya etiladi. Suhbat metodi о‘quvchilarning nazariy 
bilimlarni о‘zlashtirish jarayonini yengillatish, о‘quvchilarning avval о‘zlashtirgan 
bilim va kо‘nikmalari, hayotiy tajribalaridan foydalanib, qator savollar yordamida 
yangi bilimlarni о‘zlashtirish, mazkur bilimlardan amaliyotga qо‘llashni anglab 
olishiga zamin tayyorlashni kо‘zda tutadi. О‘quv materialining murakkablik 
darajasi о‘rtacha bо‘lib, mavzu mazmunini mantiqiy tugallangan fikrli qismlarga 
ajratish, mazkur qismlar bо‘yicha savollar tuzish imkoni bо‘lgan, о‘quvchilarning 
dastlabki bilimlari yetarli darajada, ular suhbat davomida о‘z fikrlarini aytishlari, 
asoslashlari va shu bilan bir qatorda yangi bilimlarni shunchaki eslab qolmasdan, 
balki mustaqil idrok etishlari, faol egallashlari mumkin bо‘lgan hollarda suhbat 
metodidan foydalaniladi. 
Suhbat metodi о‘quvchilarning nazariy bilimlarni о‘zlashtirish uchungina 
emas, balki ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, nutqini rivojlantirish, 
taqqoslash, tahlil qilish, mantiqiy fikr yuritish kо‘nikmalarini tarkib toptirishga 
yordam beradi. Suhbat metodining samaradorligi о‘qituvchining mavzu mazmunni 


77 
mantiqiy tugallangan qismlarga ajratish, har bir qism bо‘yicha savollar zanjirini 
tuzish, dars davomida mazkur savollardan о‘z о‘rnida foydalanish, sinf 
о‘quvchilarining bilish faoliyatini faollashtirish va savollarga javob topishga 
yо‘llashi, har bir о‘quvchining rag‘batlantirishi, о‘quvchilarning esa о‘z fikrini 
lо‘nda va qisqa bayon etish, dalillash kо‘nikmalarini egallaganlik darajasiga 
bog‘liq bо‘ladi. Mazkur metod tarkibiga suhbat savollarini ketma-ketlikda qо‘yish, 
yordamchi va qо‘shimcha savollarni о‘z vaqtida berish, о‘quvchilarni 
faollashtirish, о‘quvchilar javobidagi xatolarni tо‘g‘rilash, xulosa va 
umumlashtirishni tarkib toptirish uslublari kiradi. О‘quv ma’ruzasi metodidan 
о‘quv materialining hajmi katta, mantiqiy tuzilishi murakkab, tushuncha va 
atamalarga boy bо‘lgan hollarda foydalaniladi.О‘quv ma’ruzasi metodidan 
foydalanilganda quyidagi talablarga e’tibor qaratish lozim: 
1. Ma’ruza mazmuni chuqur ilmiy, g‘oyaviy va mantiqiy ketma-ketlikda
kо‘rgazma vositalarga asoslangan holda bayon etilishi.
2. О‘quvchilar uchun tushunarli, hissiyotga boy va sodda tilda yoritilishi. 
3. О‘quvchilarning yoshlik va ruhiy holatlarini hisobga olgan holda 15-20 
minutdan sо‘ng qisqa mustaqil ish yoki savol-javob о‘tkazish, о‘quvchilarning 
bilish faoliyati faollashgandan sо‘ng davom ettirilishi lozim. Ta’lim jarayonida 
о‘quv ma’ruzasini qо‘llash о‘qituvchidan jiddiy tayyorgarlik kо‘rishni talab etadi 
va u: Dars mavzusi, maqsadi va dolzarb muammolarni aniqlashi; Tanlangan mavzu 
bо‘yicha darslik, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan tanishishi; 
О‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari hamda qiziqishlarini hisobga 
olgan holda ma’ruza rejasi, mazmunini tuzishi; Yuqori samara beradigan о‘qitish 
vositalari va metodlarini tanlashi kerak. Ma’ruzaning muvaffaqiyatli о‘tishi, avvalo 
о‘quvchilarning о‘quv-bilish faoliyati qanday tashkil etilganligiga bog‘liq. Unda 
о‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan kо‘rgazma vositalari – О‘TV, 
multimedialar, tabiiy, tasviriy jihozlar va boshqa о‘qitish vositalaridan foydalanish 
hamda ma’ruza davomida о‘quvchilar uning rejasi, mazmunini qisqa yozib olishi, 
savollarga javob topishga erishishi о‘qituvchining diqqat markazida bо‘lmog‘i 
lozim. 


78 
Darsning kirish qismida foydalanilgan о‘quv ma’ruzasi metodi yordamida 
о‘quvchilarning diqqati jamlanadi, bilish faoliyati faollashtiriladi, bilimlarni qabul 
qilishga zamin tayyorlanadi. Buning uchun ma’ruzani boshlashda uning 
mazmuniga oid qiziq misollar, yorqin va hissiyotga boy voqealar keltirilib
о‘quvchilar oldiga muammolar qо‘yiladi. 
Darsning asosiy qismida foydalanilgan о‘quv ma’ruzasi metodi о‘quv 
materiali didaktik tamoyillarga amal qilingan holda ta’lim mazmuni mantiqiy 
izchillikda, kо‘rgazma vositalari – О‘TV, multimedialar, tabiiy, tasviriy jihozlar va 
boshqa о‘qitish vositalaridan foydalangan holda bayon qilishni taqoza etadi. 
Darsning xulosa qismida foydalanilgan о‘quv ma’ruzasi metodi yordamida 
о‘quvchilarning bilimlari tartibga solinib umumlashtiriladi, xulosalar chiqariladi. 
Ma’ruza yakunida о‘qituvchi о‘quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirishga, 
umumlashtirishga qaratilgan xulosalarni yana bir bor takrorlaydi. Sо‘ng о‘quv 
topshiriqlari yuzasidan о‘quvchilarning javoblari tekshiriladi va jadvalning 
tо‘ldirilishi kо‘zdan kechiriladi. Savol-javob, о‘quv bahsi о‘tkaziladi. 
О‘qituvchining ma’ruzasi mazmuni va о‘quvchilar faoliyatining tashkil etilishiga 
kо‘ra induktiv yoki deduktiv ravishda tuzilgan bо‘lishi mumkin. Ma’ruza induktiv 
tuzilganda, avval о‘quvchilar hodisa va obektlar bilan tanishtirilib, keyin umumiy 
xulosa keltirib chiqariladi. Deduktiv ma’ruzada esa buning aksi bо‘ladi, ya’ni, 
avval umumiy tushunchalar beriladi, keyin obektlar va hodisalar yordamida uning 
mazmuni ochib beriladi.
Mazkur metod tarkibiga о‘quv materialini mantiqiy ketma-ketlikda bayon 
qilish, muammolarni qо‘yish, obektlarni aniqlash, taqqoslash, xulosa chiqarish, 
umumlashtirish, о‘quvchilarning diqqatini jalb qilish uslublari kiradi. Kо‘rgazmali 
metodlar guruhi. О‘qitish jarayonida kо‘rgazmali metodlarning qо‘llanilishi, о‘quv 
materiali mazmunidan kelib chiqqan holda obektlar va hodisalarni hissiy idrok 
etish, ularni taqqoslash, о‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash, umumlashtirish, 
sintezlash, xulosa yasashga imkon beradi. Kо‘rgazmali metodlar о‘qitish 
jarayonida og‘zaki, amaliy, mantiqiy, muammoli metodlar bilan uyg‘un holda 
qо‘llaniladi. 


79 
Masalan, о‘quvchilarga kо‘rgazma asosida о‘quv materialini о‘rganish 
bо‘yicha topshiriqlar о‘qituvchi tomonidan og‘zaki beriladi. Topshiriqlarni 
bajarish jarayonida kо‘rgazmalilik amaliy metodlar bilan birikib ketadi, darsda 
vujudga kelgan muammoli vaziyatlarni hal etishda muammoli metodlar bilan 
mujassamlashib ketadi. О‘qitish jarayonida kо‘rgazmali metodlardan о‘z о‘rnida 
va samarali foydalanishning quyidagi afzalliklari mavjud: о‘quvchilarda 
kо‘rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlantirish, о‘quvchilarning bilish faoliyatini 
faollashtirish, aqliy faoliyat usullarni egallash; о‘rganilayotgan nazariy masalalarni 
aniqlashtirish, darsda bevosita kuzatish imkoni bо‘lmagan hodisa va jarayonlarni 
modellashtirish; biologik obektlarni kuzatish, ular ustida tajribalar о‘tkazish, 
olingan nazariy bilimlarni amaliyotga qо‘llash, о‘rganilgan hodisalarni sxema, 
jadvallar asosida aniqlashtirish va tasniflash imkonini beradi.
Biologiyani о‘qitishda foydalaniladigan kо‘rgazmali vositalar sirasiga 
quyidagilar kiradi: tabiiy va tirik obektlar – gerbariylar, kolleksiyalar, mikro va 
hо‘l preparatlar, xona о‘simliklari, tirik tabiat burchagida boqiladigan hayvonlar va 
h.k; real obektlarni aks ettiruvchi maxsus tayyorlanadigan tasviriy vositalar – 
jadvallar, sxemalar, rasmlar, modellar, mulyajlar va boshqalar; kо‘rgazmalilikning 
shartli-ramziy vositalari – biogeografik oblastlarning kartalari, globuslar; 
о‘qitishning texnik vositalari – о‘quv kinofilmi, diafilm, diapozitivlar, 
videolavhalar va h.k. о‘qitishning multimediali vositalari – EHM ning ta’lim 
dasturlari, elektronversiya va darsliklar, ovoz, animatsiya, dinamik harakat va uch 
kо‘lamli tasvirni о‘zida mujassamlashtirgan multimedialar va h.k. Kо‘rgazmali 
metodlar tarkibiga tabiiy va tirik obektlar, tasviriy kо‘rgazma, ekran vositalari, 
EHMning kо‘rgazmali dasturlari, multimedialarni namoyish qilish metodlari kirib, 
muayyan holda quyidagi kо‘rgazmali vositalarni namoyish qilish, illyustratsiya, 
demonstratsiya, 
о‘quv 
kinofilmlari, 
videofilmlar, 
EHMning 
ta’limiy, 
modellashtirilgan dasturlari, elektron darsliklar, multimedialarni namoyish qilish, 
kо‘rgazmaning did va estetik talablarga javob berishi, dars mazmunini yoritish, 
ketma-ketlikda о‘quvchilar faoliyatini tashkil etish uslublaridan tashkil topadi.


80 
Amaliy metodlar guruhi. О‘quvchilarning о‘zlashtirgan nazariy bilimlarini 
amaliyotda qо‘llash, о‘quv va mehnat, kо‘nikma hamda malakalarini 
shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini о‘stirish, hayotga tayyorlash, kasbga yо‘llash 
imkonini beradi. Ushbu metod о‘qitish jarayonida kо‘rgazmali, muammoli, og‘zaki 
metodlar bilan uyg‘unlashgan holda qо‘llaniladi. О‘quvchilar tomonidan 
bajariladigan amaliy ishlar bilim manbai bо‘lib xizmat qiladi. Buning uchun 
о‘kituvchi amaliy ishlarning maqsadini aniqlashi, maqsadga erishish uchun zarur 
bо‘ladigan kо‘rgazmali vositalarni tanlashi, о‘quv topshiriqlarini aniq tuzishi 
lozim. Amaliy ishlarni bajarish uchun beriladigan о‘quv topshiriqlari mazmunan 
aniq, ixcham, tushunarli va maqsadga yо‘naltirilgan bо‘lishi zarur. Bu metodlar 
guruhiga tabiiy obektlarni tanib olish va aniqlash, kuzatish, biologik tajribani 
tashkil etish va о‘tkazish, о‘simliklarni parvarish qilish va hayvonlarni boqish kabi 
metodlar kirib, ular mos holda, obektlarni tanib olish va aniqlash, kuzatish va 
tajribalar о‘tkazish, о‘quvchilarga amaliy ishning borishini bayon qilish, amaliy 
ishlarni bajarish rejasini tuzish, amaliy ish topshiriqlarini bajarilishini nazorat 
qilish, topshiriqlarni bajarish natijalarini tahlil qilish, о‘z-о‘zini nazorat qilish, 
amaliy ish, kuzatish va tajribalarni yakunlash va rasmiylashtirish uslublaridan 
iborat bо‘ladi.
Tabiiy obektlarni tanib olish va aniqlash metodi biologiyani о‘qitishda 
yetakchi mavqeiga ega, chunki botanika darslarida о‘simlik organlari, о‘simlik 
turi, turkumi, oilasi, sinfga mansubligi aniqlanadi. Buning uchun о‘qituvchi yetarli 
darajadagi tarqatma va didaktik materiallar, gerbariylar, o’quv qo’llanmalari 
tayyorlangan bо‘lishi va ulardan о‘z о‘rnida samarali foydalanishi lozim. 
Zoologiya darslarida hayvonlarning organlari, ularning vazifalarini bilish 
bilan bir qatorda hayvonlarning qaysi tip, sinf, turkum, oilaga mansubligini 
aniqlaydi. Mazkur metodning samaradorligi hayvonot olamining turli-tumanligini 
aks ettiruvchi hayvonlar va ularning organlaridan tayyorlangan hо‘l preparatlar, 
mulyajlar, tulumlar, o’quv qo’llanmalar kabi didaktik va tarqatma materiallarning 
mavjudligini taqozo etadi. Mazkur metoddan faqat biologiya darslaridagina emas, 
balki darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va ekskursiyalarda 


81 
ham keng qо‘llaniladi. Kuzatish metodi – bu tirik organizmlarda boradigan 
jarayonlar va tabiat jismlarida sodir bо‘ladigan hodisalarni о‘quvchilarning 
maqsadga muvofiq holda idrok etishi hisoblanadi. Bu metodda о‘quvchilarning 
kuzatishi bо‘yicha tо‘plangan ma’lumotlari bilim manbai sanaladi. Kuzatish 
metodidan biologiyani о‘qitishning barcha shakllarida foydalaniladi. Kuzatish 
metodidan dars jarayonida foydalanilganda о‘quvchilar dars mazmuniga oid 
kо‘rgazma vositalarini mustaqil kuzatadilar, natijada kuzatish obektlaridagi о‘ziga 
xos xususiyatlarni isbotlovchi dalillarga ega bо‘ladilar. Bunday kuzatish qisqa 
muddatli bо‘lib, ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladi. 
Biologik tajribalarni о‘tkazish metodi – о‘z ichiga biologik obektlarni tanish 
va aniqlash, kuzatishlarni qamrab oladi, lekin mazmuni jihatdan ulardan farq 
qiladi. Biologik tajribalarni о‘tkazish о‘kuvchilarni о‘rganilayotgan jarayon yoki 
hodisaning mohiyatini anglashga, ular о‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlarini 
tushunishga, biologik qonuniyatlarni 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin