O‘zbekiston respublikasi yoshlar ishlari agentligi huzuridagi yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə3/15
tarix21.07.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#62853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
G\'afurov A BMI 2

XULOSA VA TAKLIFLAR........................................................

35




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………….

37


KIRISH
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Dunyoda taʼlim eng noyob kapital sifatida qadrlanayotgan bugungi sharoitda taʼlimning hamma bosqichlarida, taʼlim natijalarini baholash samaradorligini oshirish va usullarini takomillashtirish mexanizmlarini joriy etish orqali barcha insonlar uchun ularning hayoti davomida sifatli taʼlim olish imkoniyatini yaratishni dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan ko‘zlangan pirovard maqsadga erishishda taʼlim sohasi muhim ahamiyat kasb etib, bu jarayonda Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismi bo‘lgan xalq taʼlim tizimining natijaviyligi xalq taʼlimi faoliyati samaradorligini zamonaviy talablar asosida oshirib borish vazifasini qo‘yadi. Mazkur vazifani amalga oshirishda xalq ta’limi muassasalari rahbar xodimlarining har biridan yuksak kasbiy salohiyat va insoniy sifatlarga ega bo’lish talab etiladi. Zero, O‘zbekiston Prezidenti va hukumati xalq taʼlimi tizimiga nihoyatda ulkan vazifalarni qo‘ygan. Bugungi global axborot davri ta’lim tizimining har bir xodimidan, har bir fuqarodan fidoyilikni, yoshlardan mislsiz bilim, yetuk axloqiy tarbiya, vatan ravnaqi uchun masʼullikni talab etadi. Bu ayniqsa hozirgi davrda, xalq taʼlimi tizimida misli ko‘rilmagan islohatlar amalga oshirilayotgan davrda nihoyatda muhimdir. Bu jarayonda Qamashi tumani 61-maktab ta’lim tizimi faoliyati, zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish jarayoni, yutuqlar va mavjud muammolarni o‘rganish dolzarb ahamiyatga ega.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Ta’lim tizimi xodimlarini har taraflama qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish, hamda moddiy va nomoddiy rag‘batlantirishlar orqali ta’lim sifatini oshirish yo‘llari, muammolari bo‘yicha xorijlik olimlardan I.Ansoff, L.Cuban, P.Sammons, P. Hallinger1 va boshqalar bir qator ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirganlar.
O‘zbekistonda menejment, ta’lim tizimini boshqarish, xodimlarni rag‘batlantirish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish muammolari S.S.G‘ulomov, Sh.N.Zaynutdinov, Q.X.Abdurahmonov, D.N.Rahimova, D.Qosimova va boshqalar tomonidan tadqiq etilgan.
Shuningdek, ta’lim tizimi va muassasalari boshqaruvining nazariy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish, ta’lim sifati boshqaruvini takomillashtirish yo‘nalishida U.I.Inoyatov, R.H.Jo‘rayev, S.A.Usmonov va boshqalar ilmiy tadqiqotlar olib borganlar2.
Ammo jamiyatni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini qurish, milliy boylik tarkibida inson kapitali ulushining oshib borishi, iqtisodiyotning jadal o‘sish sur’atlariga mos ravishda yoshlarni tez va barqaror moslashtirish jarayonlari kechayotgan hozirgi sharoitda zamonaviy menejment yondashuvlari asosida xalq ta’limi tizimi xodimlarini rag‘batlantirishni takomillashtirish masalalari keng tahlil qilinmagan va bu esa mazkur tadqiqot ishi yo‘nalishini belgilashda asos bo‘lib xizmat qildi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin