O‘zbekiston respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar


Yangi jamiyat qurishda ta‟lim va tarbiyaning o„rni va roli. “Ta‟lim to„g„risida”gi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix25.04.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#102075
1   2   3   4   5
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR

2.Yangi jamiyat qurishda ta‟lim va tarbiyaning o„rni va roli. “Ta‟lim to„g„risida”gi 
Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi, dasturning maqsad 
va vazifalari, amalga oshirish mexanizmi, bosqichlari 
 
  Madaniy-ma‟naviy rivojlanishning eng muhim poydevori – ta‟lim tizimidir. Chunki 
zamon talablariga javob beradigan, ilg„or fan-texnika, texnologiya yutuqlarini egallab 
olgan kadrlarni yetishtirmasdan jamiyatni yuksaltirib bo„lmaydi. O„zbekistonda 1992-yil 
2-iyulda “Ta‟lim to„g„risida”gi qonun qabul qilindi. Bu dasturilamal hujjatda ta‟lim 
sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta‟lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, 
pedagog hodimlarning burch va masuliyatlari aniq belgilab berildi. Mustaqillikning 
dastlabki yillarida 10 mingdan ortiq xalq ta‟limi xodimiga davlat uylari, 22 mingdan ortiq 
xodimga esa tashkilot va muassasalar tasarrufidagi uylar bepul xususiylashtirilib berildi. 
50 mingdan ortiq pedagog xodimga shaxsiy qurilish uchun yer maydonlari ajratildi. 
Qishloqlarda istiqomat qiladigan pedagog xodimlarning hammasi kommunal xizmat 
uchun to„lovlardan ozod etilgan bo„lsalar, shaharliklar uning 50 foizi miqdorida to„lab 
bordilar. Keyinchalik, kommunal xizmat bo„yicha bu imtiyozlar oylik maoshlariga 
qo„shib beriladigan kompensatsiya bilan almashtirildi. 
1992-yildagi qonun asosida umumiy ta‟lim quyidagi bosqichlar bo„yicha amalga oshirila 
boshlandi. 
 
bosqich – boshlang„ich ta‟lim (1–4 sinf);
 
bosqich – asosiy (tayanch) maktab (4–9 sinf);
 
bosqich – yuqori o„rta maktab (10–11 sinf); 
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil dekabrdagi qarori bilan 1-oktabr 
– “O„qituvchilar va murabbiylar kuni” deb belgilandi hamda bu kun bayram sifatida dam 
olish kuni deb e‟lon qilindi. Maktab binosi. 1991–2000 yillar. O„zbekistonda barcha jinsi, 
tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e‟tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, 
xizmat turi, ijtimoiy mavqeyi, turar joyidan qat‟i nazar, har kimga bilim olishda teng 
huquqlar kafolatlandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. O„zbekistonda ta‟lim sohasidagi 
siyosati 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan «Ta‟lim to„g„risida»gi yangi tahrirdagi 
qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o„z aksini topdi. 1996–1997-o„quv 
yilidan boshlab maktablarning birinchi sinfl arida o„qish yangi alifboda olib borildi. 
Yangi imlo, alifboda o„qitish uchun zarur dastur, qo„llanma va darsliklar yaratildi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga oshirildi. I 
bosqich – 1997–2001-yillarda dasturni amalga oshirish uchun zarur bo„lgan huquqiy-


meyoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shartsharoitlar yaratildi. Buning uchun davlat 
tomonidan qo„shimcha ravishda 65 milliard so„m mablag„ sarf qilindi.
Birinchi bosqich – 2001–2005-yillarni o„z ichiga Ta‟lim tizimi O„zbekiston 
Respublikasining «Ta‟lim to„g„risida»gi qonuni asosida maktabgacha ta‟lim, umumiy 
o„rta, o„rta maxsus ta‟lim, oliy ta‟lim, oliy ta‟limdan keyingi ta‟lim, malaka oshirish va 
kadrlarni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta‟lim shakllaridan iborat. Xalq ta‟limi 
vazirligi OTM, Maktabgacha ta‟lim muassasalari, Malaka oshirish institutlari Umumiy 
ta‟lim maktablari Maktabdan tashqari ta‟lim muassasalari, milliy dastur keng miqyosda 
joriy etildi.
Ikkinchi bosqich – 2005-yildan bugungi kungacha. Bu bosqichda Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi natijasida erishilgan natijalar, to„plangan tajribalar 
umumlashtirilib, shu asosda yurtimizda ta‟lim tizimi takomillashtirilib borildi. 
2009 - yildan boshlab, yurtimizda to„liq 12 yillik majburiy ta‟lim joriy etildi. “Ta‟lim 
to„g„risida” gi qonun asosidagi ta‟lim shakllari yillik umumiy o„rta ta‟lim savodxonlik 
asoslarini, umumiy o„rta ta‟lim olish uchun zarur bo„lgan bilim va ko„nikmalarni 
shakllantirishga qaratilgan. Bolalar birinchi sinfga 6-7 yoshdan qabul qilinadi. Umumiy 
o„rta ta‟lim kerakli bilimlar hajmiga asos soladi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik 
qobiliyatlari va amaliy tajriba ko„nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki kasbiy yo„nalish va 
navbatdagi ta‟lim bosqichini tanlashga zamin yaratadi. Birinchi Prezident 
I.A.Karimovning 2004-yildagi farmoni asosida 2004–2009-yillarda maktab ta‟limini 
rivojlantirish davlat umummilliy dasturi qabul qilindi. Dastur doirasida yangi maktablar 
qurildi, boshqalari kapital ta‟mirlandi; aniq va tabiiy fanlardan o„quv laboratoriyalar 
zarur uskunalar bilan jihozlandi. Umumiy o„rta, umuman, ta‟limning barcha 
bosqichlarida yangi o„quv dasturlari, davlat ta‟lim standartlari yaratildi. Maktab 
darsliklari tamomila yangilandi hamda fan va amaliyot yutuqlari bilan boyitish bo„yicha 
takomillashtirib borildi. Multimedia o„quv adabiyotlari ham yaratilishi yo„lga qo„yildi. 
Respublikada 10 mingga yaqin maktablar ishlab turibdi. Ularning moddiy-texnika 
ta‟minoti ham davlat hisobidan amalga oshiriladi. O„rta-maxsus, kasb-hunar ta‟lim 
tizimining tashkil etilishi. O„zbekiston Respublikasining «Ta‟lim to„g„risida»gi qonuniga 
muvofiq umumiy O„z R ta‟lim turlari: 
 
Oliy ta‟lim
 
O„rta maxsus kasb hunar ta‟limi 
 
Umumiy o„rta ta‟lim
 
Maktabgacha ta‟lim
 
Maktabdan tashqari ta‟lim
 
Oliy ta‟limdan keyingi ta‟lim
 
Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
Bu yangi ta‟lim tizimiga bosqichma-bosqich o„tildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 1-
bosqichi (1997–2001) doirasida amalga oshirildi. Shu davr mobaynida 300 ga yaqin 
yangi turdagi ta‟lim muassasalari ochildi. Oliy o„quv yurtlari qoshida 46 ta litsey tashkil 


etildi, 800 ga yaqin o„quvchi chet ellarda ta‟lim oldi, ko„pgina o„qituvchilar xorijiy 
davlatlarning ilg„or tajribalarini o„rganish maqsadida chet mamlakatlarga borib qaytdi.
O„rta maxsus ta‟lim sohasida viloyatlarda, joylarda biznes maktabi, kichik va o„rta 
maktab uchun kasb-hunar kurslarining ochilishi, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib 
chiqqan holda, yangi mutaxassislik (fermer, soliq va bojxona xodimi, audit va hokazo) 
lar kiritildi.Unga binoan, yurtimizda 1997-yildan boshlab hozirga qadar 1400 dan ortiq 
kasb-hunar kolleji, 200 ga yaqin akademik litsey bunyod etildi. Ular sohalar bo„yicha 
mutasaddi tashkilotlar va oliy ta‟lim muassasalariga ham biriktirilishi tufayli bu 
bosqichda o„quv jarayoni samarali tashkil etilib, kollej bitiruvchilarini ish bilan 
ta‟minlanishiga e‟tibor qaratilganiga qaramay, bu borada qoniqarli natijaga erishilmadi. 
2017-yilgi islohotlar. 
2017-yil umumta‟lim va o„rta maxsus kasb-hunar ta‟limi tizimida tub islohotlar yili 
bo„ldi. Xalq qabulxonalari va Prezidentning virtual qabulxonasiga tushgan taklif va 
mulohazalar, shuningdek, respublika maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari 
o„rtasida o„tkazilgan so„rovnoma natijalaridan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoev 
tashabbusi bilan 9+3, ya‟ni 12-yillik majburiy ta‟limdan 11-yillik ta‟limga qaytildi. 2017-
yilning o„zida 10-sinf o„quvchilari uchun 9 mln. nusxa darsliklar chop etildi va 10 
mingga yaqin umumta‟lim maktabida 11-yillik ta‟limga o„tilgan holda o„qitish tizimi 
yo„lga qo„yildi. 1998-2016 yillarda O„zbekistonda bunyod etilgan o„rta maxsus, kasb-
hunar ta‟limi muassasalari. 11 yillik ta‟limga o„tish bo„yicha so„rovnoma natijasi 
otaonalarning 70 foizidan ortiq qismi 11 yillik ta‟lim qayta tashkil etilishi tarafdori 
ekanini ko„rsatdi. 143 ta 1412 ta 28 ta Kasb-hunar kollejining fi liallari Kasb-hunar 
kolleji Akademik litsey 75 Maktabgacha ta‟lim tizimi uzluksiz ta‟limning birlamchi, eng 
asosiy bo„g„inidir. Maktabgacha taʼlim, 6–7 yoshgacha oilada, bolalar bog„chasida va 
boshqa taʼlim muassasalarida olib boriladi. 
Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko„ra, inson o„z umri davomida oladigan 
barcha axborot va ma‟lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo„lgan davrda oladi. Shu bois, 
bolalarning sog„lom va bilimli, yetuk kadrlar bo„lib voyaga yetishida bog„cha tarbiyasi 
juda muhim o„rin tutadi. Maktabgacha ta‟lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta‟lim muassasalari tarmog„ini 
kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta‟minlash maqsadida O„zbekiston 
Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017-yil 30-sentabrda «Maktabgacha ta‟lim tizimini 
boshqarishni takomillashtirish to„g„risida»gi farmonni imzoladi. Unga ko„ra, 
Maktabgacha ta‟lim vazirligi tashkil etildi. Yangi vazirlik tizimiga Qoraqalpog„iston 
maktabgacha ta‟lim vazirligi, Toshkent shahri maktabgacha ta‟lim bosh boshqarmasi, 
viloyatlarning maktabgacha ta‟lim boshqarmalari va ularning shahar va tumanlardagi 
bo„limlari kiradi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin