4.O„zbekiston Respublikasining 2018 yil “Yoshlarga oid davlat siyosati
to„g„risida”gi Qonuni – davlat tomonidan amalga oshiriladigan va yoshlarning
intellektual, ijodiy salohiyatining ijtimoiy shakllanishi, rivojlanishi uchun sharoit
yaratishni ta‟minlaydigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar
tizimi sifatida.
O„zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakat yoshlarini
birlashtirish uchun «Yoshlar ittifoqi» tashkiloti tuzildi. Tashkilot yoshlarni o„z plenumi
va konferensiyalari qarorlarini bajarishga safarbar qilishga urinishi, qarorlarda
yoshlarning manfaatlari va ehtiyojlari to„la aks etmaganligi natijasida 1996-yilda
«Yoshlar ittifoqi» tashkiloti tugatilib, O„zbekiston Respublikasi yoshlarining «Kamolot»
jamg„armasi tuzildi. «Kamolot» jamg„armasining vazifasi yoshlarning manfaat va
ehtiyojlarini o„rganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va davlat ko„magida
hayotga tatbiq etishdan iborat edi. Yoshlar jamg„armasi bunday vazifalarni bajara olmadi,
yoshlarning haqiqiy ma‟nodagi yetakchisiga aylana olmadi, deb topildi. 2001-yil
Toshkentda bo„lgan yoshlar qurultoyida o„zini o„zi boshqaradigan nodavlat, notijorat
tashkilot – O„zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi.
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish,
jamiyatda munosib o„rnini egallashga ko„maklashish, ularning manfaatlarini himoya
qilish, yosh yigit-qizlarning o„z aql zakovati, kuch-g„ayratini to„la namoyon etishi uchun
zarur shartsharoit yaratib berish, yosh avlodning tayanchi va suyanchi bo„lishdan
iboratdir.
Harakatning Qoraqalpog„iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va
shahar bo„limlari, ta‟lim muassasalari, harbiy qismlar, huquq-tartibot organlarida
boshlang„ich tashkilotlari tuzildi. Ular 14 yoshdan 28 yoshgacha bo„lgan O„zbekiston
fuqarolarini o„z safl arida ixtiyoriy ravishda birlashtirgan holda faoliyat ko„rsatdi. 2017-
yil 30-iyun kuni O„zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirokida «Kamolot»
Yoshlar ijtimoiy harakati (YoIH) qurultoyi bo„lib o„tdi. Bu qurultoyda «Kamolot» YoIH
tashkilot tugatilganligi va «O„zbekiston Yoshlar ittifoqi» tashkil etilganligi e‟lon qilindi.
Yoshlarning muammolari hamda tashabbuslari O„zbekiston Prezidentining to„g„ridan
to„g„ri e‟tiborida bo„lishini ta‟minlash maqsadida «O„zbekiston yoshlar ittifoqi» raisi bir
paytning o„zida Prezidentning Davlat maslahatchisi lavozimida bo„lishi ham belgilab
qo„yildi.
2017-yil mazkur harakat faoliyati tugatilib, «O„zbekiston yoshlar ittifoqi» tashkil
etildi. Yoshlarning davlat tomonidan qo„llab-quvvatlanishi. Millat kelajagi ham ma‟nan,
ham jismonan baqquvat yoshlar qo„lida. O„zbekiston aholisining 60 foizdan ortig„ini 30
yoshgacha bo„lgan yoshlar tashkil etadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki
davrdanoq yosh avlod ta‟limtarbiyasi, salomatligiga katta e‟tibor berib kelinmoqda. Bu
dolzarb masala davlat siyosatining eng muhim ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta‟lim sohasidagi jahon andozalariga mos islohotlar,
aholi salomatligini saqlashga qaratilgan beqiyos ishlarning zamirida ham ana 92 shunday
mushtarak maqsadlar mujassam.
1991-yil noyabrda «O„zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining
asoslari to„g„risida»gi qonun qabul qilindi. 1997-yil O„zbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet ellarga o„qishini qo„llab-quvvatlash bo„yicha
«Umid» jamg„armasini tashkil etish to„g„risida farmoni e‟lon qilindi. O„zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidentining 2014-yildagi «O„zbekiston Respublikasida
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo„shimcha chora-tadbirlar
to„g„risida»gi qarorining qabul qilinishi mamlakatimizda yuksak ma‟naviyatli, mustaqil
va erkin fi krlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o„zlashtirgan har tomonlama
sog„lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarning mantiqiy davomi
bo„ldi. Ushbu qaror ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni,
jumladan, qizlarni intellektual salohiyatini ro„yobga chiqarish uchun yanada keng
sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Mustaqillik yillarida yosh iqtidorli qizlarning adabiyot, madaniyat, san‟at, fan va
ta‟lim yo„nalishlarida o„z iste‟dodini, salohiyat va qobiliyatlarini namoyon etishlariga
imkoniyat yaratib bergan O„zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1999-yilda
qabul qilingan «Zulfi ya nomidagi davlat mukofotini ta‟sis etish bo„yicha taklifl arni
qo„llab-quvvatlash to„g„risida»gi farmoni jamiyat hayotida yetuk mutaxassislar, yetakchi
va iqtidorli qizlarning shakllanishiga zamin yaratdi. 80 nafarga yaqin xotin-qizlarning
mumtoz qo„shiqchilik, akademik ijro, estrada, opera, balet, cholg„u ijrochiligi, an‟anaviy
ijrochilik, raqs yo„nalishlarida «Nihol» mukofoti bilan taqdirlangani tom ma‟noda ularga
ko„rsatilayotgan yuksak e‟tibor va g„amxo„rlikning yorqin ifodasidir. Yodda tuting!
2017-yilga kelib 14 yoshdan 22 yoshgacha bo„lgan qizlardan iborat «Zulfi ya» mukofoti
sovrindorilarning soni 200 dan oshdi. Harbiy xizmatning yoshlar uchun mustahkam
hayotiy prinsiplar, harbiy xizmatni tugatayotgan yoshlarni rag„batlantirishning
ahamiyatini, ularning o„qishni davom ettirishi va mamlakat oliy o„quv yurtlariga
o„qishga kirishi uchun imtiyoz va sharoitlar yaratishni e‟tiborga olib, 2005-yilda
O„zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «O„zbekiston Respublikasi Qurolli
kuchlari 93 safida muddatli harbiy xizmatni o„tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan
imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida» qarori e‟lon
qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, O„zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida
muddatli harbiy xizmatni o„tab bo„lgan fuqarolar uchun respublika oliy o„quv yurtlariga
o„qishga kirishda test sinovlarida to„planadigan eng ko„p ballning 25 foizi miqdorida
qo„shimcha ball shaklidagi imtiyoz berish belgilandi. Istiqlol yillarida yoshlarning har
tomonlama yetuk, barkamol voyaga yetishi uchun mustahkam qonunchilik bazasi
yaratildi. Xususan, 23 ta qonun va 100 dan ortiq meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib,
hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Bundan tashqari, yillarga nom berishda ham yoshlarning
manfaatlari alohida e‟tiborga olindi. Xususan, 2000-yil «Sog„lom avlod yili», 2001-yil
«Onalar va bolalar yili», 2008-yil «Yoshlar yili», 2010-yil «Barkamol avlod yili», 2014-
yil «Sog„lom bola yili», 2016-yil «Sog„lom ona va bola yili», deb e‟lon qilinib, yaxlit
chora-tadbirlar dasturlari amalga oshirilgani fikrimiz tasdig„idir. Yoshlarga e‟tiborning
kuchayishi. 2016-yil «Yoshlarga oid davlat siyosati to„g„risida»gi O„zbekiston
Respublikasi qonuni qabul qilindi. Unga ko„ra, 30 yoshgacha bo„lgan barcha toifadagi
shaxslar yoshlar ekanligi qayd etilgan. «Yoshlarga oid davlat siyosati to„g„risida»gi
qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda yoshlarning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini mustahkamlashga, yoshlarga oid davlat siyosatini ro„yobga chiqarishda
davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar masuliyatini kuchaytirishga, ushbu sohada
sog„lom, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan choratadbirlar samaradorligini
yanada oshirishga xizmat qiladi.
Prezidentimizning 2017-yil iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini
oshirish va O„zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo„llab-quvvatlash to„g„risida»gi
farmoniga muvofiq, mamlakatimizdagi barcha harbiy akademik litseylarga «Temurbeklar
maktabi» nomi berildi. Yoshlarni yanada rag„batlantirish maqsadida «Mard o„g„lon»
mukofoti ta‟sis etildi. Shu yil sentabrda o„quvchilarning aniq fanlarning yuksak
marralarini zabt etishiga ko„maklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
sohasidagi iqtidorlarini aniqlash hamda qobiliyatlarini ro„yobga chiqarish uchun zarur
shart-sharoitlar yaratish maqsadida O„zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufi da Muhammad al-Xorazmiy
nomidagi
axborotkommunikatsiya
texnologiyalari
yo„nalishiga
oid
fanlarni
chuqurlashtirib o„qitishga ixtisoslashtirilgan maktab (Al-Xorazmiy maktabi) tashkil
etildi. Ushbu maktabga o„quvchilar 5-sinfdan boshlab yozma va og„zaki sinov
natijalariga ko„ra tanlov asosida qabul qilinadi. Mulohaza! «Bugungi dunyo yoshlari –
son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini
tashkil etmoqda. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson
bo„lib kamolga yetishi bilan bog„liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o„z
salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo„ravonlik g„oyasi «virusi»
tarqalishining oldini olishdir. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo„llab-quvvatlash,
uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko„p tomonlama hamkorlikni
rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz. Shu munosabat bilan O„zbekiston globallashuv va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda
yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan
xalqaro huquqiy hujjat – BMTning Yoshlar huquqlari to„g„risidagi xalqaro
konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etadi».deya takidlagan edilar Shavkat
Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqlarida.
Ta‟lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik. Kadrlar tayyorlash
sohasidagi hamkorlikning xalqaro-huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning
ustuvor yo„nalishlari ro„yobga chiqariladi, xalqaro ta‟lim tizimlari rivojlantiriladi, ilmiy-
pedagog kadrlar, talabalar va o„quvchilar almashish kengayadi. Ta‟lim to„g„risidagi
milliy hujjatlar xalqaro miqiyosda e‟tirof etilishi uchun asos yaratiladi. Manfaatdor
vazirliklar va idoralarning, O„zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalarining
kadrlar tayyorlash sohasiga chet el investitsiyalarini bevosita va bilvosita keng jalb qilish
borasidagi faoliyati kuchaytiriladi.
Dostları ilə paylaş: |