O’zbekiston respublikasin oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo uleg’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi mikrobiologiya va virusologiya fani mavzu: асептика ва антисептика қонун-қоидалари билан



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə1/5
tarix18.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#184362
  1   2   3   4   5
1 Laboratoriya mashg\'uloti ASEPTIKA VA ANSITEPTIKA QONUN QOIDALARI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIN OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULEG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI MIKROBIOLOGIYA VA BIOTEXNOLOGIYA KAFEDRASI MIKROBIOLOGIYA VA VIRUSOLOGIYA FANI MAVZU: ASEPTIKA VA ANSITEPTIKA QONUN-QOIDALARI BILAN TANISHISH, BIOLOGIK MIKROSKOPNING TUZILISHI


Fan o’qituvchisi: PhD. Eshboyev F.B.
Toshkent-2020

Aseptika nima?

  • Aseptika-bu patogen mikroorganizmlarning turli xil yo'llar bilan yuqishining oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar hisobanadi. Aseptika qoidalariga rioya qilish tibbiy va microbiologik jarayonlarda patogen mikroorganizmlarni yuqtirib olish va ularni tashishning oldini oladi. (National Health and Medical Research Council, 2010)

Muntazam qo'l gigienasi

Sovun (shu jumladan mikroblarga qarshi sovun) va suvdan foydalanish:

- Suv bilan qo'llarni namlang va tavsiya etilgan miqdordagi suyuq sovunni surting.

- Eng kamida 15 soniya davomida qo'llarni bir-biriga ishqalang, shunda eritma qo'lning barcha sirtlariga yetib boradi, bunda barmoqlarning uchlariga, bosh barmoqlariga va barmoqlar orasidagi joylarga alohida e'tibor bering.

- Oqim ostida qo'llarni yaxshilab yuvib tashlang, so'ngra bir marta ishlatiladigan sochiqlar bilan quriting.

Himoya qiluvchi shaxsiy buyumlar

Qo'lqopdan foydalanish:

Qo'lqoplar bir martalik ishlatiladigan buyumlar hisoblanadi.

Agar asosiy infeksiya manbaalariga to'g'ridan-to'g'ri tegish zarur bo'lsa, ifloslanish xavfini minimallashtirish uchun steril qo'lqoplardan foydalanish kerak.

Agar infeksiya manbaalariga to'g'ridan-to'g'ri steril bo'lmagan qo'lqoplar tekkizishga zarurat bo’lmasa, unda qon yoki tana suyuqligidan, toksik moddalar ta'siridan himoya qilish uchun zarur bo'lishi mumkin.

Qo'l gigienasiga amal qilish qo'lqop o'rnini bosmaydi. Qo'l gigienasi qo'lqop ishlatishdan oldin va keyin bajarilishi kerak.

Mikrobiologik laboratoriyalarda ishlash qoidalri

  • Laboratoriyaga kelganingizda va ketish oldidan yana qo'llaringizni dezinfektsiyalovchi sovun bilan yuving;
  • Laboratoriyada mutlaqo hech qanday ovqatlanish, ichimliklar ichish, saqich yoki chekishga yo'l qo'yilmaydi. Og'zingizga qalam, ruchka, yoki barmoq kabi narsalarni solmang. Oziq-ovqat mahsulotlarini mikroorganizmlar saqlanadigan joylarda saqlamang;
  • Laboratoriyada xalat va himoya ko’zoynaklaridan foydalaning. Shu bilan bir qatorda, ushbu buyumlardan laboratoriyadan boshqa joylarda foydalanmang;
  • Keng kiyimlardan saqlaning;
  • Ish joyingizni barcha keraksiz materiallardan saqlang;
  • Ish joylarini ishlatishdan oldin va keyin 70% etanol yoki boshqa dizinfeksiya vositasi bilan dezinfeksiya qiling;
  • Hamma narsani aniq belgilab qo'ying;
  • Petri idishlarini laboratoriya xonasida ochmang agar juda zarur bo'lmasa;
  • Bakteriologik ilmoq ish stoliga qo’yishdan avval olov bilan sterilizatsiya qilinishi kerak;

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin