fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini, tashkilotlarni darhol xabardor qilish
yuzasidan barcha choralarni ko’rishi shart.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari, qutqaruv xizmatlari
va qutqaruv tuzilmalari rahbarlari favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini tashkil
qilish uchun favqulodda vaziyatlar to’g’risida zarur bo’lgan to’liq va ishonchli axborot
olish huquqiga ega.
Qutqaruv ishlarini to’liq hajmda olib borishning texnologik jihatdan imkoni
bo’lmagan taqdirda, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari birinchi
navbatda favqulodda vaziyatlar zonalaridagi odamlarni qutqarish bo’yicha imkoni
bo’lgan barcha choralarni ko’rgach, qutqaruv ishlarini to’liq yoki qisman to’xtatib turish
to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: