O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
2008- YIL 26- DEKABRDAGI
QUTQARUV XIZMATI VA QUTQARUVCHI
MAQOMI TO’G’RISIDA
QONUNI
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining
tashkil etilishi, faoliyati va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan
iborat.
2-modda. Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to’g’risidagi qonun
hujjatlari
Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu
Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston
Respublikasining qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to’g’risidagi qonun
hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro
shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
favqulodda vaziyat
— odamlar qurbon bo’lishiga, ularning sog’lig’i yoki atrof
tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda
odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yoki
olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida
muayyan hududda yuzaga kelgan holat;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish
— favqulodda vaziyatlar ro’y berganda
o’tkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sog’liqni saqlashga, atrof
tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga,
shuningdek favqulodda vaziyatlar ro’y bergan zonalarning kengayishiga yo’l
qo’ymaslikka hamda xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va
kechiktirib bo’lmaydigan ishlar kompleksi;
Dostları ilə paylaş: |