9-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari safini to’ldirish Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining safini to’ldirish ixtiyoriylik
asosida amalga oshiriladi. Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati
organlari, tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari qutqaruvchi lavozimiga qabul
qilish shartlarini belgilaydi.
Qutqaruv xizmatlariga, professional qutqaruv tuzilmalariga qutqaruvchi
lavozimiga, shuningdek qutqaruvchilarni tayyorlovchi ta’lim muassasalarida o’qishga
umumiy o’rta ma’lumotli, tibbiy tekshiruvda qutqaruvchilik ishiga yaroqli deb topilgan
hamda kasbiy, jismoniy tayyorgarligi darajasiga va ma’naviy-ruhiy fazilatlariga ko’ra
belgilangan talablarga mos keladigan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
O’n sakkiz yoshga to’lgan, qutqaruvchilarni tayyorlash dasturi bo’yicha ta’lim
olgan hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish ishlarini olib
borish uchun
belgilangan tartibda
attestatsiyadan o’tgan O’zbekiston Respublikasi
fuqarolariga qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarida qutqaruvchi
vazifalarini bajarishga ruxsat beriladi.
10-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini attestatsiyadan o’tkazish Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi
belgilagan tartibda
attestatsiyadan o’tkazilishi kerak.
Attestatsiyadan o’tmagan yoki tekshiruvlar davomida favqulodda vaziyatlarda
tezkor harakat qilishga hamda ularni bartaraf etish ishlarini o’tkazishga shayligini
tasdiqlay olmagan qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining ob’yektlar va
hududlarga shartnoma asosida xizmat ko’rsatishiga yo’l qo’yilmaydi hamda ular
qutqaruv ishlarini olib borishga jalb etilmaydi.
11-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini hisobga olish ro’yxatidan o’tkazish
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari hisobga olish ro’yxatidan
o’tkazilishi kerak.
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini hisobga olish ro’yxatidan
o’tkazish
tartibi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.