O’zbekiston respublikasining 2008- yil 26- dekabrdagi qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to’G’risida qonuni


-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatini



Yüklə 151,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix19.10.2023
ölçüsü151,05 Kb.
#157378
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Qutqaruv hizmati

15-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatini
moliyalashtirish
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatini moliyalashtirish
quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar mablag’lari;
qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalariga ega bo’lgan tashkilotlarning
moliyaviy mablag’lari;
aholi va tashkilotlarga ko’rsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun belgilangan tartibda tashkil etilgan
moliyaviy mablag’lar zaxiralari;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar.
3-BOB. QUTQARUV XIZMATLARI VA QUTQARUV TUZILMALARINING
FAVQULODDA VAZIYATLARNI BARTARAF ETISHDAGI ISHTIROKI
16-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda
vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf
etishga jalb qilish:
xizmat ko’rsatilayotgan ob’yektlar va hududlarda favqulodda vaziyatlarning
oldini olish hamda ularni bartaraf etishga doir harakatlar rejasiga muvofiq;
favqulodda vaziyatlar ro’y bergan va ularning ko’lami kengaya boshlagan
taqdirda belgilangan tartibda;
mazkur qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatiga rahbarlik
qilayotgan yoki buning uchun qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarga ega bo’lgan


davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, shu
jumladan jamoat birlashmalari mansabdor shaxslarining qaroriga binoan amalga
oshiriladi.
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf
etishga davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar,
shu jumladan jamoat birlashmalarining shunga vakolatli mansabdor shaxslari qaroriga
binoan jalb qilish bilan birga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilangan ob’yektlar va hududlarning favqulodda vaziyatlardan himoyalanganlik
darajasini ta’minlaydigan chora-tadbirlar ko’rilishi shart.
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf
etishga jalb qilish tartibi
qonun hujjatlarida
belgilanadi.
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarini O’zbekiston
Respublikasi hududidan tashqaridagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi.

Yüklə 151,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin