O’zbekiston respublikasining 2008- yil 26- dekabrdagi qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to’G’risida qonuni


-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining faoliyatini



Yüklə 151,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix19.10.2023
ölçüsü151,05 Kb.
#157378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Qutqaruv hizmati

13-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining faoliyatini
muvofiqlashtirish
O’zbekiston Respublikasi hududida qutqaruv xizmatlari va qutqaruv
tuzilmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
bo’yicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi tomonidan quyidagi maqsadlarda
amalga oshiriladi:
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zarur bo’lgan kuchlar va vositalarni
tezkor jalb etish;
qutqaruv vositalarini ishlab chiqarish hamda qutqaruv xizmatlari va qutqaruv
tuzilmalarini moddiy-texnika jihatidan ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini olib
borish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish ishlarini olib
borishda ishtirok etuvchi qutqaruvchilarni, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv
tuzilmalarining mansabdor shaxslarini tayyorlash masalalarini hal etish;
tegishli hududlarda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishda
qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va boshqa kuchlar o’rtasida hamkorlikni
ta’minlash;
qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to’g’risidagi qonun hujjatlarini
takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatining normativ-huquqiy
bazasini birxillashtirish.
14-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini boshqa joyga
ko’chirish, qayta ixtisoslashtirish, qayta tashkil etish yoki tugatish
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini boshqa joyga ko’chirish, qayta
ixtisoslashtirish, qayta tashkil etish yoki tugatish uchun ular xizmat ko’rsatayotgan
tashkilotlar faoliyatining tugatilganligi yoxud mazkur xizmatlar va tuzilmalar
tomonidan oldi olinishi hamda bartaraf etilishi mo’ljallangan favqulodda vaziyatlarning
ro’y berishi xavfi yo’qotilganligi asos bo’ladi.
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarini, shuningdek tashkil
etilishi shartligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shtatdan tashqari qutqaruv
tuzilmalarini boshqa joyga ko’chirish, qayta ixtisoslashtirish, qayta tashkil etish yoki


tugatish ularni tashkil etgan mansabdor shaxslar, organlar yoxud tashkilotlarning
qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari boshqa joyga ko’chirilgan, qayta
ixtisoslashtirilgan, qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organiga
yozma bildirish yuborilishi kerak.

Yüklə 151,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin