O’zbekiston respublikasining 2008- yil 26- dekabrdagi qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to’G’risida qonuni


-modda. Qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilar



Yüklə 151,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix19.10.2023
ölçüsü151,05 Kb.
#157378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Qutqaruv hizmati

4-modda. Qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilar
faoliyatining asosiy prinsiplari
Qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilar faoliyatining asosiy


prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
insonparvarlik va mehr-muruvvat;
favqulodda vaziyatlar ro’y berganda odamlarning hayotini asrab qolish va
sog’lig’ini saqlash, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish vazifalarining ustuvorligi;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishda asosli
tavakkalchilik va xavfsizlikning ta’minlanishi;
qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarga yakkaboshchilik
asosida rahbarlik qilish;
favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilishga hamda ularni bartaraf etish
ishlarini olib borishga qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarning
doimiy shayligi.
5-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining asosiy
vazifalari
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
o’z boshqaruv organlari, kuchlari va qutqaruv vositalarini favqulodda
vaziyatlarda tezkor harakat qilishga hamda ularni bartaraf etish ishlarini olib borishga
doimiy shay holatda saqlab turish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo’yicha
harakatlar rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
odamlarning hayotini asrab qolish va sog’lig’ini saqlash yuzasidan kechiktirib
bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish, shuningdek favqulodda vaziyatlarning oldini
olish va ularni bartaraf etish;
favqulodda vaziyatlar sharoitida yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini
hamda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish ishlarini olib borish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi
bilimlarni targ’ib qilish, aholini hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan
buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) xodimlarini favqulodda vaziyatlar sharoitida
harakat qilishga tayyorlashda ishtirok etish.



Yüklə 151,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin