O‘zbekiston respublikasining davlat standarti turizm va yondosh xizmatlar. Sanatoriy-kurortda davolash. Xizmatlarga doir talablar



Yüklə 279,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix25.12.2023
ölçüsü279,68 Kb.
#194466
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
2oxbg8ap524uopzwpbnzq89qpgehjwib

Suv turi
Nazorat
Parametrlar
Mineral suv, termal suv, 
ichimlik suvi 
a
Mikrobiologik 
Legionella pnevmofilla 
Jami aeroblar 
Jami koliformalar 
Enterokokk 
Ichak tayoqchasi 
Klostridium perfringens 
Pseudomonas aeruginosa 
Fizik/kimyoviy 
pH 
Harorat 
O‘tkazuvchanlik 
Loyqalik 
Erkin va aralash xlor 
Ammoniy 
Suv ta’minotidan 
ichimlik suvi 
Mis 
Nikel 
Xrom 
Temir 
Qo‘rg‘oshin 

Faqat suv umumiy manbadan ta’minlanmagan bo‘lsa. 
Barcha tahlil natijalari oson o‘qiladigan jadvallarda taqdim etilishi va kamida 4 yil 
saqlanishi kerak. 
8 Xizmatlarni taqdim etish 
8.1 Umumiy talablar 
Sanatoriy-kurort umumiy ma’lumotlarni, jumladan, aloqa ma’lumotlarini, ish vaqti, 
davolanish vaqti, qabul qilish va bron qilish xizmati to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim 
etishi kerak. 
Barcha ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan, shuningdek xizmatlarni taqdim etishda ba’zi 
tafsilotlarni o‘zgartirganda yangilanadi. Ma’lumotlar aniq va tushunarli shaklda taqdim 
etilishi kerak. 
Sanatoriy-kurortga kirishda tizimli nazorat olib boriladi. 
Sanatoriy-kurort xizmatlarning ushbu hujjatga muvofiq talab qilinadigan xizmat 
ko‘rsatish darajasiga mos kelishini ta’minlash uchun mas’ul shaxsni belgilashi kerak. 
Mijozlar bilan muomala qilish xushmuomalalik qoidalariga muvofiq hurmatli va 
rasmiy bo‘lishi kerak. 
8.2 Qabul qilish xizmatlari (resepshn) 
8.2.1 Bronlash xizmati 
Muolajalarni bron qilish xizmatlari quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
a) onlayn yoki telefon orqali bron qilishning turli usullarini hisobga olgan holda
hech bo‘lmaganda mijozning yoki bron qilgan tashkilotning nomi, telefon raqami yoki 
elektron pochta manzili, bron qilingan muolaja, xizmat narxi va bronni kafolatlash 
siyosatini (masalan, bekor qilish, qaytarish shartlari yoki yangi bronlash) ko‘rsatadigan 
bron qilish jarayoni bo‘lishi kerak. 
b) barcha bron qilish so‘rovlari olingandan so‘ng darhol ro‘yxatga olinishi va bir 
ish kuni ichida tasdiqlanishi kerak. Mijozlarning har qanday qo‘shimcha so‘rovlari ham 


Oʻz DSt ISO 21426:2022 (ISO 21426:2018, IDT)
16 
qayd qilinishi kerak va xodimlar bunday so‘rovlarni qondirish uchun barcha sa’y-
harakatlarni amalga oshiradilar. 
c) tasdiqlash ishonchli tarzda, shu jumladan bron qilish shartlari (masalan, oldindan 
to‘lov, kredit karta, garovga qo‘yish) bilan rasmiylashtirilishi va mijozga taqdim etilishi 
kerak. 
Sanatoriy-kurort tomonidan tuzilgan bronga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, u 
mijozni bu haqda xabardor qilishi va o‘zgartirish sabablarini asoslashi kerak. Har qanday 
noodatiy holatlar mijozlarga xabar qilinishi kerak. 
Barcha mijozlarning fayli elektron formatda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Taqdim 
etish tartib-taomili hujjatlashtirilgan bo‘lishi kerak. 
Bronlash xizmati hissiy nuqsonlari bo‘lgan odamlar uchun turli xil aloqa 
vositalariga ega bo‘lishi kerak. 
8.2.2 Ro‘yxatga olish xizmati 
Ro‘yxatga olish xizmatlari quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak: 
a) har bir mijozga tegishli hujjatlar kelishidan oldin tayyorlanadi.
b) agar sanatoriy-kurort mijozlar tomonidan bron qilingan xizmatlar yoki paketlarni 
taqdim eta olmasa, u ekvivalent xizmatni taklif qilishga tayyor bo‘lishi kerak. 
c) barcha tibbiy xizmatlar shifokor tomonidan belgilanishini ta’kidlangan holda 
mijozlarga xizmatlar uchun turli tariflar haqida ma’lumot berilishi kerak (individual 
muolajalar, umumiy muolajalar, umumiy tavsiyalar, vaucherlar yoki tibbiy xizmatlar va 
umumiy xizmatlar uchun paketlar). 
d) mijozlar obyektlar bo‘ylab tanishuv ekskursiyasini o‘tishlari kerak. Mijoz har bir 
davolanish uchun bajarishi kerak bo‘lgan qadamlari ko‘rsatilgan holda maxsus 
ko‘rsatmalar berilishi kerak. Mijozlarga bajarilishi kerak bo‘lgan qadamlar haqida batafsil 
yozilgan ma’lumot eslatmasini taqdim etish tavsiya etiladi.
e) kerakli davolanish bilan bog‘liq ma’lumotlar, jumladan cheklovlar va/yoki tibbiy 
eslatmalar, ro‘yxatga olish xizmatining bir qismi sifatida mijozlarga tegishli tarzda 
yetkazilishi kerak. 
f) ro‘yxatga oish xodimlari mijozlarga bevosita ta’sir ko‘rsatishi va ko‘rsatilayotgan 
xizmatlarni cheklashi mumkin bo‘lgan har qanday noodatiy holatlar (masalan, texnik 
xizmat ko‘rsatish, ish soatlarini qisqartirish, cheklovlar) haqida xabardor qilishi kerak.
g) ro‘yxatdan o‘tish paytida shifokor bilan uchrashuv qayd etilishi uchun qabul 
qilish va tibbiy xizmatlar o‘rtasida yaxshi muvofiqlashuv ta’minlangan bo‘lishi kerak. 
h) agar kerak bo‘lsa, kredit kartalari zudlik bilan tekshirilishi kerak. 
i) sanatoriy-kurortda guruhni ro‘yxatga olish tartibi bo‘lishi kerak. 
8.2.3 Mijozlar bilan aloqa (qo‘ng‘iroqlar va elektron pochta) 
Sanatoriy-kurort xabarga, masalan, telefon yoki elektron pochta orqali javob berish 
tartibini belgilashi kerak; ushbu tartib-taomil kamida quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: 
- telefon xizmatlarining ish vaqti tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladigan vaqtdan kam 
bo‘lmasligi; 
- telefon qo‘ng‘iroqlari, matnli xabarlar va elektron pochta xabarlariga zudlik bilan 
javob beriladi. 
Xodimlar hissiy nuqsonlari bo‘lgan odamlarni joylashtirish uchun turli usullardan 
foydalangan holda odamlar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. 
8.2.4 Nazorat 
Hisoblar batafsil bo‘lishi kerak. Mijozning iltimosiga binoan, foydalanilgan 
xizmatlar uchun mijoz tomonidan imzolangan barcha kvitansiyalar taqdim etilishi kerak. 
8.3 Tibbiy xizmat ko‘rsatish 


Oʻz DSt ISO 21426:2022 (ISO 21426:2018, IDT)
17 
8.3.1 Umumiy talablar 
Shifokor har doim o‘zining ish soatlarida sanatoriy-kurortda bo‘lishi yoki u bilan 
oson bog‘lana olinishi kerak. 
Shifokor birinchi muolajadan oldin sanatoriy-kurortga kelgan har bir mijozning 
oldiga tashrif buyurishi kerak. 
Shifokor mijozning sog‘lig‘ini baholashi va davolanishni taklif qilishi uchun 
mijozdan anketani to‘ldirish yoki test topshirish so‘raladi. 
Mijozlar grafikda belgilangan vaqtda shifokor retsepti bilan kerakli manzilga 
jo‘natiladi. 
Rivojlanish monitoringini ta’minlash uchun keyingi tayinlashlar shifokor 
tomonidan o‘tkazilishi kerak. 
8.3.2 Tibbiy ko‘rik 
Tibbiy ko‘rik tibbiy bayonnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. 
U quyidagilarni nazarda tutishi kerak: 
- tayinlangan terapevtik muolajani aniqlash; 
- davolash usullari va sanatoriy-kurortda o‘tkaziladigan davolanishga qarshi 
ko‘rsatmalar va cheklovlarni olib tashlash. 
Ushbu harakatlar har bir mijozning tibbiy kartasida aks ettirilishi kerak. 
Mijozlar xabardor qilinishi kerak va ularga belgilangan tartib-taomillar, xavflar va 
usullar bilan kelishish taklif etiladi. 
Tibbiy xizmat oraliq evolyutsion nazorat qilish tartib-taomillarini tashkil qiladi va 
har bir mijozning patologiyasi turiga, davolanish muddatiga, davolanishning 
xususiyatlariga qarab o‘tkaziladigan tekshiruvlar sonini belgilaydi. Davolashni 
tugatgandan so‘ng, tibbiy xizmatlar, agar kerak bo‘lsa, davolanishni baholashi va mijozga 
taqdim etiladigan hisobotni yozishi kerak. Bunday hisobotlar kamida quyidagi 
ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak: 
a) shaxsiy ma’lumotlar; 
b) anamnez; 
c) tekshirish; 
d) jismoniy tekshiruv; 
e) barcha tahlillar natijalari; 
f) tashxis bo‘yicha xulosa; 
g) amalga oshirilgan davolanish; 
h) qarama-qarshi ko‘rsatmalar va cheklovlar; 
i) natijalar evolyutsiyasi; 
j) sana va shifokorning imzosi. 
8.3.3 Davolash bo‘yicha qo‘llanma 
Sanatoriy-kurortning tibbiy direktori barcha xizmatlar va usullar haqida ma’lumotni 
o‘z ichiga olgan davolash bo‘yicha qo‘llanmani tayyorlashi va/yoki tasdiqlashi kerak. 
Ushbu qo‘llanma kamida quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: 
a) qo‘llaniladigan sanatoriy-kurort vositalari; 
b) qo‘llaniladigan sanatoriy-kurort usuliyatlari ro‘yxati: 
- harorat, vaqt, bosim yoki suv miqdori kabi har bir usul uchun ishlatiladigan 
parametrlar; 
- belgilangan parametrlarni ta’minlash uchun uskunalar. 
c) jarayonning umumiy davomiyligini va zarur bo‘lganda har bir bosqichdan oldin 
(mijoz kelishidan oldin), vaqtida (usulni qo‘llash) va undan keyin (xonani tozalash) vaqtni 
ko‘rsatib o‘tgan holda har bir usulni amaliy qo‘llash tavsifi; 


Oʻz DSt ISO 21426:2022 (ISO 21426:2018, IDT)
18 
d) har bir usuliyatning ko‘rsatmalari, qarama-qarshiliklari va cheklovlari; 
e) usullarni qo‘llash uchun mavjud obyektlar ro‘yxati (ular mos ravishda 
belgilangan bo‘lishi kerak). 
8.4 Boshqa xizmatlar 
Ushbu hujjatga kiritilmagan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri sanatoriy-kurort tomonidan 
ko‘rsatiladigan xizmatlarni (do‘konlar yoki boshqa xizmatlar) sanatoriy-kurort o‘zi 
aniqlaydi va taqdim etish va narxlarga doir talablarni belgilaydi. Qanday bo‘lmasin, ushbu 
xizmatlar xavfsizlik, tozalik, gigiyena va texnik xizmat ko‘rsatish talablariga muvofiq 
bo‘lishi kerak. 

Yüklə 279,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin