O‘zbekiston respublikasining davlat standarti turizm va yondosh xizmatlar. Sanatoriy-kurortda davolash. Xizmatlarga doir talablar


Туризм и сопутствующие услуги. Санаторно-курортное лечение



Yüklə 279,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/16
tarix25.12.2023
ölçüsü279,68 Kb.
#194466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
2oxbg8ap524uopzwpbnzq89qpgehjwib

 
Туризм и сопутствующие услуги. Санаторно-курортное лечение. 
Требования к услугам 
 
Tourism and related services. 
Medical spas. Service requirements 
____________________________________________________________________ 
Joriy etish sanasi: _______________ 
1 Qo‘llanish doirasi 
Ushbu standart tabiiy shifobaxsh suvlar (dengiz suvidan tashqari) va boshqa tabiiy 
resurslardan foydalanadigan sanatoriy-kurort muassasalarida sifatli xizmatlar ko‘rsatishga 
doir talablarni belgilaydi. 
Ushbu standart tibbiy kasbga muvofiq bo‘lgan yechimlarga taalluqli emas. 
Ushbu standart talassoterapiya markazlari yoki sog‘lomlashtiruvchi spa-kurortlarga 
taalluqli emas. 
2 Normativ hujjatlarga havolalar 
Ushbu standartda quyidagi normativ hujjatga havola qilingan:
 
ISO 7001 Graphical symbols. Public information symbols (Grafik belgilar. 
Ommaviy axborot belgilari) 
 
3 Atamalar va ta’riflar 
Ushbu standartda quyidagi atamalar tegishli ta’riflari bilan qo‘llanilgan: 
3.1 balneologiya - 
ishlab chiqarishdan qo‘llashgacha bo‘lgan tabiiy vositalardan 
(masalan, klimatoterapiya, gidroterapiya) terapevtik foydalanishni o‘rganish. 
Izoh - Bu sanatoriy-kurortni rejalashtirish, rivojlantirish, ishlatish va tibbiy jihatlari uchun 
umumiy atama. 
3.2 parvarishlash hududi - 
sog‘lomlashtirish muolajalari o‘tkazish uchun 
ajratilgan hudud. 
3.3 iqlim - 
bir necha yillar mobaynida o‘rtacha miqdori hisoblangan mintaqaning 
bir yil davomidagi umumiy yoki tashkil etadigan ob-havo sharoiti. 
Izoh - Ob-havo sharoitlariga harorat, atmosfera bosimi, namlik, yog‘ingarchilik, quyosh 
nuri, bulutlilik va shamol kiradi. 
3.4 quruq hudud - 
parvarish zonasidagi suv ishlatilmaydigan joy. 
Izoh – Ko‘zdan kechirish xonalari, sport zallari va dam olish joylari quruq hudud 
hisoblanadi. 

Yüklə 279,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin