Туризм и сопутствующие услуги. Санаторно-курортное лечение. Требования к услугам Tourism and related services. Medical spas. Service requirements ____________________________________________________________________ Joriy etish sanasi: _______________ 1 Qo‘llanish doirasi Ushbu standart tabiiy shifobaxsh suvlar (dengiz suvidan tashqari) va boshqa tabiiy
resurslardan foydalanadigan sanatoriy-kurort muassasalarida sifatli xizmatlar ko‘rsatishga
doir talablarni belgilaydi.
Ushbu standart tibbiy kasbga muvofiq bo‘lgan yechimlarga taalluqli emas.
Ushbu standart talassoterapiya markazlari yoki sog‘lomlashtiruvchi spa-kurortlarga
taalluqli emas.
2 Normativ hujjatlarga havolalar Ushbu standartda quyidagi normativ hujjatga havola qilingan:
ISO 7001 Graphical symbols. Public information symbols (Grafik belgilar.
Ommaviy axborot belgilari)
3 Atamalar va ta’riflar Ushbu standartda quyidagi atamalar tegishli ta’riflari bilan qo‘llanilgan:
3.1 balneologiya - ishlab chiqarishdan qo‘llashgacha bo‘lgan tabiiy vositalardan
(masalan, klimatoterapiya, gidroterapiya) terapevtik foydalanishni o‘rganish.
Izoh - Bu sanatoriy-kurortni rejalashtirish, rivojlantirish, ishlatish va tibbiy jihatlari uchun
umumiy atama.
3.2 parvarishlash hududi - sog‘lomlashtirish muolajalari o‘tkazish uchun
ajratilgan hudud.
3.3 iqlim - bir necha yillar mobaynida o‘rtacha miqdori hisoblangan mintaqaning
bir yil davomidagi umumiy yoki tashkil etadigan ob-havo sharoiti.
Izoh - Ob-havo sharoitlariga harorat, atmosfera bosimi, namlik, yog‘ingarchilik, quyosh
nuri, bulutlilik va shamol kiradi.
3.4 quruq hudud - parvarish zonasidagi suv ishlatilmaydigan joy.
Izoh – Ko‘zdan kechirish xonalari, sport zallari va dam olish joylari quruq hudud
hisoblanadi.