O‘zbekiston respublikasining davlat standarti turizm va yondosh xizmatlar. Sanatoriy-kurortda davolash. Xizmatlarga doir talablar



Yüklə 279,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix25.12.2023
ölçüsü279,68 Kb.
#194466
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
2oxbg8ap524uopzwpbnzq89qpgehjwib

 
6 Tabiiy resurslar 
6.1 Umumiy talablar 
Inson farovonligi uchun bir nechta manbalardan tabiiy resurslardan foydalanish 
yillar davomida ko‘plab kasalliklar vaqtida erishilgan ijobiy ta’sirlar tajribasiga 
asoslanadi. Ushbu ijobiy ta’sirlar vaqt davri mobaynida shifobaxsh kurortlarda kuzatilgan 
va zamonaviy tibbiyot yutuqlari (jumladan, balneologiya va kurortlar sohasidagi 
tadqiqotlar) bilan ham obyektiv ravishda o‘lchanishi mumkin. 
Ushbu hujjat uchun tegishli tabiiy resurslar quyidagilardir: 
a) tabiiy shifobaxsh suvlar: 
- mineral suvlar; 
- termal suvlar; 
- gazli suvlar; 
b) shifobaxsh gazlar; 
c) peloidlar. 
Sanatoriy-kurort foydalaniladigan tabiiy resurslar va o‘zining tabiiy shifobaxsh 
suvlarining xususiyatlariga ko‘ra qanday muolajalar taklif qilinishini aniqlashi va 
mijozlarga yetkazishi kerak. 
Barcha sanatoriy-kurortlar shifobaxsh suvlarga asoslangan muolajalarni taklif 
qilishlari kerak, ammo peloidlar va shifobaxsh gazlar bilan davolash ixtiyoriydir.
Izoh. Iqlimni davolashning bir qismi sifatida ko‘rib chiqish mumkin bo‘lsa-da, uni nazorat 
qilish qiyinligi sababli ushbu hujjat iqlimga oid talablarni o‘z ichiga olmaydi. 
6.2 Tabiiy shifobaxsh suvlar 
6.2.1 Mineral va termal buloqlar 
6.2.1.1 Mineral buloqlarni muhofaza qilish hududi 
Mineral buloqlar atrofidagi hududlar ham sifat, ham miqdoriy jihatdan alohida 
muhofaza qilinishi kerak. Sanatoriy-kurort ushbu hududlarni muhofaza qilishning sifat va 
miqdoriy mezonlarini hujjatlashtirishi kerak. 
a) sifatni muhofaza qilish 


Oʻz DSt ISO 21426:2022 (ISO 21426:2018, IDT)

Sifatni muhofaza qilishning maqsadi ifloslanishning oldini olishdir. Muhofaza 
hududining uchta toifasi qo‘llaniladi: 
- I muhofaza hududi: qazib olish joyining yaqin atrofini muhofaza qilish; 
- II muhofaza hududi: avariyaviy ifloslanishdan, shu jumladan mikrobiologik 
ifloslanishdan muhofaza qilish (zarur bo‘lganda muddat 50 kun); 
- III muhofaza hududi: suv havzasining qolgan qismini umumiy muhofaza qilish.
b) miqdoriy muhofaza qilish 
Miqdoriy muhofaza qilish, asosan tabiiy shifobaxsh suvning gidrodinamikasiga 
aralashish bilan bog‘liq. U tabiiy shifobaxsh suvning o‘ziga xos xususiyatlarini
shuningdek qazib olish joyida uning oqimi va ko‘pligini himoya qilish uchun 
mo‘ljallangan. 
6.2.1.2 Suv manbalaridan foydalanish rejasi 
Suv manbasidan foydalanish rejasi bo‘lishi kerak va u kamida quyidagi jihatlarni 
o‘z ichiga oladi: 
a) buloqning geografik joylashuvi; 
b) hujjatning qisqacha mazmuni: ham tarixiy, ham huquqiy hujjatlar (avvalgi va 
hozirgi) tikilishi kerak: 
- tarixiy ma’lumotnoma: sanatoriy-kurort o‘z faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risidagi 
barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatga ega bo‘lishi kerak; 
- huquqiy hujjatlar va foydalanishga ruxsatnomalar;
- buloqning hujjatda belgilangan tavsiflari: oqim tezligi, harorat, elektr 
o‘tkazuvchanligi; 
- buloqni moslashtirish bo‘yicha ishlar: sanatoriy-kurort agar mavjud bo‘lsa, suv 
havzasining muvofiqligi va yaxshilash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlarni tasdiqlashi 
kerak; 
- laboratoriya tahlili: sanatoriy-kurort har yili vakolatli laboratoriya tomonidan 
fizikaviy, kimyoviy va mikrobiologik to‘liq tahlillarni o‘tkazadi. Ushbu tahlil suvdagi 
minerallar miqdorini nazorat qilish uchun amalga oshiriladi. Yillik tahlil natijalari 
mijozning so‘roviga binoan taqdim etilishi kerak. 
c) mineral suvni miqdoriy va sifat jihatidan saqlab qolish uchun muhofaza hududini 
chegaralashni tadqiq qilish. Ushbu tadqiqot suvli qatlamlarning geologiyasi, 
gidrogeologiyasi, gidrokimyoviy va fizikaviy zaifligi bilan bog‘liq jihatlarni o‘z ichiga 
olishi kerak, masalan: 
- geologik tadqiqot: tegishli masshtabdagi grafik ma’lumotlar bilan birgalikda butun 
muhofaza hududi qo‘llaniladigan geologik karkasning tavsifi; 
- gidrologik tadqiqotlar; 
- buloqlarni ekspluatatsiya qilish tavsifi; 
- vaziyat va tavsiflar; 
- suv ta’minoti nuqtalari ro‘yxati; 
- buloqni tahlil qilish; 
- nasos tizimi haqida texnik ma’lumotlar; 
- suv yig‘iladigan hovuz chuqurligi va nasos uskunasining joylashuvi: nasosda 
tortib chiqarish vazifasini bajarish va ekspluatatsiyaning kerakli hajmini aniqlash; 
- suvli qatlamlarning xarakterli parametrlari; 
- gidrokimyoviy tadqiqot: bu hollarda suvning mineral tarkibini, kislotalilik 
darajasini va mumkin bo‘lgan ifloslanishni aniqlash uchun kimyoviy tahlil o‘tkaziladi; 
- fizik tadqiqot: izotop tahlili suvning kelish vaqtini aniqlash yoki ortiqcha 
yuklanish hududlarini baholash zarurati bo‘lganda amalga oshiriladi; 


Oʻz DSt ISO 21426:2022 (ISO 21426:2018, IDT)

- zaiflikni tadqiqot qilish: yuqoridagi tadqiqotda tuproqning o‘z-o‘zini tozalash 
qobiliyatini bilish uchun kelib chiqishi va xususiyatlari ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan 
potensial ifloslantiruvchi faoliyatlar ro‘yxati, shuningdek kesib o‘tgan hududlarning 
zaifligini o‘rganish kerak. 
A ilova tabiiy shifobaxsh suvlarning tavsifi, shuningdek ularning tarkibidagi tabiiy 
tebranishlarning monitoringi bo‘yicha ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. 
6.2.2 Balneologik baholash va hisobot 
Shifobaxsh va sog‘lomlashtirishga doir talablarga muayyan tabiiy shifobaxsh 
suvning muvofiqligi dalolatnomada tasdiqlanishi kerak. 
Ushbu dalolatnoma bir necha usullar bilan, masalan malakali professional 
ekspert(lar), sanatoriy-kurortning tibbiy rahbari, universitet yoki rasman tan olingan 
balneologiya instituti tomonidan tayyorlanishi mumkin. 
Sanatoriy-kurort dalolatnomani bir marta tayyorlaydi va tegishli tabiiy resursning 
xususiyatlari sezilarli darajada o‘zgarganda uni qayta ko‘rib chiqadi. 
Dalolatnoma quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: 
a) umumiy ma’lumotlar (masalan, tahlil joyi, obyekti, davri); 
b) dalolatnoma tuzuvchining ismi va manzili; 
c) baholash uchun ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati; 
d) tahlil va har qanday nazorat tahlillari natijalarini baholash: 
- asosiy moddalar, ayniqsa faol moddalar va jismoniy sifatlar; 
- tabiiy vositalarni qo‘llashning gigiyenik-bakteriologik natijalarini tibbiy baholash; 
e) davolashda terapevtik foydalanish haqida ma’lumot (davolash tamoyiliga qarab); 
f) kasalliklarga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar; 
j) sanatoriy-kurort murojaat qilayotgan toifaning xulosasi va bahosi.
Ushbu dalolatnomada xuddi shu hudud yoki boshqa sanatoriy-kurort yeridagi 
empirik sinovlarga asoslangan tabiiy vositalarining qiyosiy bahosi ko‘rib chiqilishi kerak. 
6.2.3 Tabiiy shifobaxsh suvlarning fizik, kimyoviy va mikrobiologik xossalari 
Tabiiy shifobaxsh suvlar quyidagi sinovlar orqali toza gigiyenik va mikrobiologik 
holatda ekanligi isbotlanishi kerak: 
a) fizik va kimyoviy sinovlar; 
b) kimyoviy sinovlar; 
c) mikrobiologik sinovlar. 
B ilova ushbu sinovlarning har birida tekshirilishi mumkin bo‘lgan bandlardan 
iborat qo‘llanmani o‘z ichiga oladi. 
6.2.4 Tabiiy shifobaxsh suvlarning nazorat tahlili va monitoringi 
6.2.4.1 Tabiiy shifobaxsh suvlarni tahlil qilish
Tahlil balneologik davolashni va shifobaxsh manbaning gidrogeologik va texnik 
holatini baholash uchun asos sifatida olinadi. Sanatoriy-kurort va shifobaxsh buloqli 
muassasalar har 10 yilda o‘zlarining shifobaxsh buloqlarini tahlil qilishlari kerak 
(mikrobiologik, kimyoviy va fizik tahlillar). Shifobaxsh buloqlar har 2 yilda bir marta 
mikrobiologik ifloslanish uchun tekshirilishi kerak.
Muntazam nazorat tahlillari monitoring jarayonining bir qismi hisoblanadi. Ular 
shifobaxsh buloqda va davolash joyida kimyoviy va gigiyenik sinovlar shaklida amalga 
oshiriladi. Ularni qo‘llash doirasi individual sharoitlarga qarab o‘zgaradi. 
6.2.4.2 Nazorat tahlili va monitoringi 
Fizikaviy 
va kimyoviy sinovlar o‘tkazilishi kerak; sanatoriy-kurortda 
foydalaniladigan suv yilda kamida bir marta suv oluvchi inshootga olinishi va tahlil 
qilinishi kerak. Umumiy gigiyena sinovlari muntazam monitoring jarayonining bir qismi 


Oʻz DSt ISO 21426:2022 (ISO 21426:2018, IDT)

hisoblanadi. Foydalanish joyidagi suv namunalari yiliga kamida bir marta olinishi va tahlil 
qilinishi kerak. 
Suvni doimiy chiqarishda mikrobiologik tadqiqotlar kamida 3 oyda bir marta, agar 
muntazam ishlatilmasa tez-tez amalga oshirilishi kerak. 
Agar nazorat tahlili buloqda sezilarli o‘zgarishlarni aniqlasa, sabablari tadqiqot 
qilinishi va yangi etalon tahlili o‘tkazilishi kerak. Bu agar buloq yaqinda ochilgan bo‘lsa 
ham o‘tkazilishi kerak. 
6.3 Tabiiy shifobaxsh gazlar 
6.3.1 Umumiy qoidalar 
Karbonat angidrid gazi, radon va vodorod sulfidi hozirgi vaqtda davolash 
maqsadida ishlatiladigan shifobaxsh gazlardir. 
Karbonat angidrid gazi quruq holatda (mofet) yoki shifobaxsh suvlarda ajralib 
chiqishi mumkin, sun’iy ravishda qazib chiqarilishi yoki karbonat angidrid gaziga boy 
shifobaxsh suvlardan olinishi mumkin. Terining kapillyarlariga kengaytiruvchi ta’siri 
tufayli CO
2
gazi vannalari asosan yurak-qon tomir kasalliklari uchun ishlatiladi. Ba’zida 
CO
2
teri ostiga inyeksiya uchun ishlatiladi. 
Radon hamma joyda keng tarqalgan asl gazdir. Balneologik davolashda, bu alfa nur 
chiqaradigan mahsulot, masalan tarkibida radon bo‘lgan vannalar shaklida yoki 
ingalyatsiya va ichga qabul qilish uchun qo‘llaniladi. 
Vodorod sulfidi tabiiy shifobaxsh suvlarning tarkibiga kiradi. U asosan 
revmatik/degenerativ simptomlar, shuningdek teri kasalliklari uchun terapevtik 
maqsadlarda qo‘llaniladi. 
6.3.2 Tabiiy shifobaxsh gazlarni baholash va ularning hisoboti 
Gazlarning terapiyada foydalanishga yaroqliligi hisobotda isbotlanishi kerak. 
Ushbu hisobot malakali professional ekspert(lar), sanatoriy-kurortning tibbiy rahbari, 
universitet yoki rasman tan olingan davolash balneologiya instituti kabi bir qancha usullar 
bilan tayyorlanishi mumkin. 
Shifobaxsh gazni tahlil qilish gaz tarkibini o‘rganadi va balneologik tozalashni, 
shuningdek, geologik va texnik sharoitlarni baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Shifobaxsh gazlari to‘g‘risida tahlil va hisobot ga doir minimal talablar 
quyidagilardan iborat: 
a) umumiy ma’lumotlar (masalan, shifobaxsh gazni tahlil qilish maqsadi, tahlil turi, 
sanasi, qazib olish joyi); 
b) organoleptik tadqiqot; 
c) gaz harorati; 
d) kimyoviy sinovlar. 
C ilovasida ushbu joylashuvni nazorat qiluvchi vakillar bilan yo‘riqnoma mavjud. 
6.3.3 Tabiiy shifobaxsh gazlarning nazorat tahlili va monitoringi 
Asosiy faol moddalar har 2 yilda bir marta nazorat tahlilida aniqlanadi. 
Shifobaxsh gazni tahlil qilish kamida 10 yilda bir marta o‘tkazilishi kerak. 
6.4 Tabiiy peloidlar 
6.4.1 Umumiy talablar 
Peloidlarni 1-jadvalga ko‘ra tasniflash mumkin. 


Oʻz DSt ISO 21426:2022 (ISO 21426:2018, IDT)
10 
1-jadval - Peloidlarning turlari 

Yüklə 279,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin