Oʻz DSt ISO 21426:2022 (ISO 21426:2018, IDT)
2
Izohlar
1. Ba’zi mamlakatlarda “sanatoriy-kurort” atamasi alohida tan olingan va tartibga
solingan.
2. Sanatoriy-kurortlarning suvlari, ham oqimlarning paydo bo‘lishi
yoki kelib chiqishiga,
ham suvning kimyoviy sifatiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan inson faoliyatining yer yuzasiga
salbiy ta’sirini oldini olish uchun 19-asrdan beri himoyalanib kelinadi.
3.6 shifobaxsh mineral suv -
shifobaxsh ta’siri isbotlangan tabiiy yoki sun’iy kelib
chiqqan mineral suv.
Izohlar
1. Shifobaxsh suvlar ayrim mamlakatlarda dori vositalari sifatid a tasniflanadi.
2.
Mineral shifobaxsh suvda, masalan natriy xlorid, natriy
sulfat yoki magniy sulfat
mavjud.
3.7 mineral suv -
artezian, o‘zi oqishi yoki burg‘ulash yo‘li bilan qazib olingan,
sanatoriy-kurortda davolash maqsadlarida ishlatiladigan o‘ziga
xos minerallashuvga ega
bo‘lgan tabiiy buloq suvi.
Izoh – Ba’zi mamlakatlarda mineral suvlar mineral suvlar deb hisoblanishi uchun
minerallasuv tarkibini belgilovchi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
3.8 tabiiy shifobaxsh gazlar -
tibbiy bilim va balneologik tajribaga asoslangan,
buloq suvida erigan yoki toza gaz manbalaridan ko‘tariladigan gazlar.
Izoh -
Oltingugurt gazlari, radon, CO
2
(masalan, mofettlardan) shifobaxsh gazlarga misol
bo‘la oladi.
3.9 tabiiy shifobaxsh suv -
mahalliy joyda ishlatiladigan
mineral shifobaxsh suv
(buloq yaqinida olinadi va qo‘llaniladi).
Izoh - Termal suvlar, mineral suvlar va gazlangan suvlar
tabiiy shifobaxsh suvlar
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: