Kirish Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO) standartlashtirish bo‘yicha milliy
tashkilotlarning (ISO a’zo-qo‘mitalari) butunjahon federatsiyasi hisoblanadi. Odatda xalqaro
standartlarni ishlab chiqish ISO texnik qo‘mitalari tomonidan amalga oshiriladi. Tuzilgan
texnik qo‘mitaning faoliyatidan manfaatdor bo‘lgan har bir a’zo-qo‘mita ushbu qo‘mitaga vakil
bo‘lish huquqiga ega. ISO bilan aloqaga ega bo‘lgan xalqaro davlat va nodavlat tashkilotlari
ham ishlarda ishtirok etadilar. Elektrotexnika sohasida standartlashtirishning barcha masalalari
bo‘yicha ISO Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC) bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.
Ushbu hujjatni ishlab chiqish va unga keyingi xizmat ko‘rsatish uchun foydalanilgan
tartib-taomillar ISO/IEC Direktivalarining 1-qismida bayon etilgan. Jumladan ko‘rib
chiqishning turli mezonlari ISO har xil turdagi hujjatlari uchun zarurligini qayd qilish lozim.
Ushbu hujjat ISO/IEC Direktivalarining 2-qismidagi tahririy qoidalarga muvofiq tuzilgan
(www.iso.org/directives ga qarang).
Ushbu hujjatning ayrim elementlari patent huquqlarining ob’ekti bo‘lishi mumkinligini
e’tiborga olish lozim. ISO biror-bir yoki barcha bunday patent huquqlarini aniqlashga
javobgarlik olmaydi. Hujjatni ishlab chiqishda aniqlangan biror-bir patent huquqlari to‘g‘risida
batafsil axborot kirishda va/yoki ISOning ma’lum qilingan patent deklaratsiyalari ro‘yxatida
beriladi (www.iso.org/patents ga qarang).
Ushbu hujjatda foydalanilgan har qanday savdo markasi foydalanuvchilarning qulayligi
uchun berilgan axborot hisoblanadi va ularni qo‘llab quvvatlamaydi.
Standartlarning ixtiyoriyligi, muvofiqlikni baholash bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus ISO
atamalari va iboralarining ma’nosi va ISOning Jahon Savdo Tashkilotining (JST) savdodagi
texnik to‘siqlar (TBT) tamoyillariga sodiqligi haqida ma’lumot olish uchun
www.iso.org/iso/foreword.html ga qarang.
Ushbu hujjat ISO/TC 228, Tourism and related services texnik qo‘mitasi tomonidan
tayyorlangan.
Ushbu hujjat bo‘yicha har qanday fikr-mulohaza yoki savollar foydalanuvchining milliy
standartlashtirish organiga yo‘naltirilishi kerak. Ushbu organlarning toʻliq roʻyxatini
www.iso.org/members.html saytida topish mumkin.