O‘zbekiston respublikasining davlat standarti turizm va yondosh xizmatlar. Sanatoriy-kurortda davolash. Xizmatlarga doir talablar



Yüklə 279,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix25.12.2023
ölçüsü279,68 Kb.
#194466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
2oxbg8ap524uopzwpbnzq89qpgehjwib

3.10 tabiiy resurslar - 
peloidlar yoki davolash uchun ishlatiladigan boshqa tabiiy 
vositalar kabi elementlar va xom ashyolar. 
3.11 peloid - 
geologik va/yoki biologik jarayonlar natijasida olingan, yoki tabiatan 
(tabiiy peloid) yoki oddiy jarayonda maydalash natijasida mayda donali konsistensiyaga 
ega bo‘lgan noorganik yoki organik aralashma. 
Izohlar 
1. Peloidlarning har xil turlari haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun 1-jadvalga 
qarang. 
2. Loy va torf davolash maqsadlarida ishlatiladigan ikki turdagi tabiiy peloid hisoblanadi. 
3. Peloidlar tarkibida suv bo‘lishi mumkin, ammo quruq holda ham mavjud bo‘lishi 
mumkin.
3.12 termal suv - 
chiqish joyidagi harorati ushbu suvning o‘rtacha haroratidan 
4 ° C ga yuqori bo‘lgan suv. 
3.13 muolaja xonasi - 
odatda davolash hududida joylashgan, muolajalar 
o‘tkaziladigan alohida xona. 
3.14 nam hudud - 
parvarishlash hududida
 
joylashgan suv, peloidlar va gaz 
vannalaridan foydalaniladigan hudud. 
Izoh – Davolash dushlari, vannalar, o‘rab-chirmash va basseynlar nam hudud hisoblanadi. 
 
4 Binolar va jihozlar 
4.1 Umumiy talablar 
Barcha binolar va jihozlar ishga yaroqli holatda saqlanishi va ushlab turilishi kerak. 
Jihozlardan, ayniqsa elektr jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik jihatlari va tegishli 
standartlarga muvofiqligi hisobga olinishi kerak.


Oʻz DSt ISO 21426:2022 (ISO 21426:2018, IDT)

Xonalar va jihozlar ham toza va dezinfektsiyalangan, yaxshi ventilyatsiya, 
yorug‘lik va haroratga ega bo‘lgan hamda to‘siqsiz bo‘lishi kerak. 
Sanatoriy-kurortda xodimlar uchun sanuzel va kiyim almashtirish xonalari bo‘lishi 
kerak. 
Imkoniyati cheklangan mijozlar uchun tegishli kirish joyi va qulayliklar 
ta’minlanishini ko‘rib chiqish kerak. 
Izoh. Foydalanish imkoniyati haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun ISO 21542 ga 
qarang. 
4.2 Qabulxona 
Sanatoriy-kurortda qabulxona (resepshn) bo‘lishi kerak. Qabulxona quyidagi 
talablarga javob berishi kerak: 
- davolash kurortining sig‘imiga mos ravishda alohida hududda joylashgan va 
ko‘rsatkichlar bilan belgilangan bo‘lishi kerak; 
- xizmatlar ro‘yxati va narxlar mavjud bo‘lishi kerak; 
- mijozlarni ro‘yxatga olishning turli usullari bo‘lishi kerak; 
- qabul qilingan to‘lov usullari aks ettirilishi kerak; 
- muolaja xonasining hech bo‘lmaganda ish vaqti davomida qabulxona xizmati 
ta’minlanishi kerak. 
Elektron ro‘yxatga olish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak. 
4.3 Kiyim almashtirish xonasi va sanuzel
Sanatoriy-kurortda kiyim almashtirish xonasi va sanuzel bo‘lishi kerak. Ushbu 
hudud quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
- gigiena qoidalariga ko‘ra, kiyim almashtirish xonalariga qabulxonadan 
(resepshndan) kirish va parvarishlash hududiga chiqish ta’minlanishi kerak; 
- pol va devorlar yuviladigan, sirpanmaydigan va g‘ovak bo‘lmagan materiallar 
bilan qoplangan bo‘lishi kerak; 
- kiyim almashtirish xonalari dush, hojatxona va sanuzellar yaqinida joylashgan 
bo‘lishi kerak. 
Kiyim almastirish xonalari nogironlarning kirishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan 
bo‘lishi kerak. 
4.4 Tibbiyot xonasi 
Mijozlarga ularning iltimosiga binoan yoki kerak bo‘lganda, masalan, favqulodda 
vaziyatlarda tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiyot xonasi nazarda tutilgan bo‘lishi 
kerak. 
Mijozlarni oshkor qilmaslik kafolatlanadi. 
Tibbiyot xonasi yonida mijozlar uchun yetarli joyli kutish zali bo‘lishi kerak. Tig‘iz 
paytda qabul qilishni oldindan yozib qo‘yish mexanizmi bo‘lishi kerak. 
Tibbiyot xonasi yaqinida hojatxona va sanitariya xonalari bo‘lishi kerak. 
4.5 Parvarishlash hududi 
4.5.1 Umumiy talablar 
Parvarishlash hududi quruq hudud va nam hududni o‘z ichiga oladi, ular ajratilgan 
bo‘lishi kerak. 
Bir xonada yoki qo‘shni xonalarda yechinish, parvarish qilish va kiyinishni amalga 
oshirilishi maqsadga muvofiq. 


Oʻz DSt ISO 21426:2022 (ISO 21426:2018, IDT)

Parvarishlash hududi quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak: 
- harorat 18 ° C dan past bo‘lmasligi kerak; 
- tabiiy bo‘lmagan yorug‘lik bo‘lsa, yorug‘lik suv yuzasidagi aksni kamaytirish 
uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmasligi kerak. 
- mijozlarni tekshirish va suv bilan davolash muolajalarini o‘tkazishda 
foydalaniladigan, sanatoriy-kurort ixtisosligi bilan bog‘liq zarur asboblar to‘plami bo‘lishi 
kerak; 
- favqulodda qo‘ng‘iroqlar uchun telefon raqamlari mavjud bo‘lishi kerak. 
- muolaja xonalarida qo‘l yuvish va dezinfeksiyalash vositalari bo‘lishi kerak; 
- klinik materiallar (masalan, avtomatlashtirilgan yoki yarim avtomatik 
defibrillyator) va muhim asosiy dori-darmonlarni o‘z ichiga olgan dori qutisi bo‘lishi 
kerak. U o‘qitilgan xodimlar olishi uchun oson bo‘lishi kerak. 
4.5.2 Quruq hudud 
Quruq hududlar quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
- isitiladigan dam olish joyi quruq hududda joylashgan bo‘lishi kerak. U 
parvarishlash kabinalari yaqinida mijozlar davolanish muolajalaridan so‘ng dam olishlari 
uchun divanlar yoki krovatlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak; 
- harorat foydalanishga qarab 18°C dan 25°C gacha saqlab turilishi kerak; 
- barcha jihozlar yuviladigan va oson dezinfeksiya qilinadigan materiallardan 
tayyorlangan bo‘lishi kerak. 
Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun xona bo‘lishi kerak. 
4.5.3 Nam hududlar 
Xavfsizlik nuqtai nazaridan, nam hududlar, ayniqsa basseynlar va purkovchi 
dushlarning atrofi va ichi tutqichlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Yer va pol yuzalari 
sirpanmaydigan bo‘lishi kerak, shuningdek silliq bo‘lmagan gilamlar, yog‘och pollar, 
yog‘och taxtalar yoki boshqa shunga o‘xshash materiallardan foydalanmaslik kerak, 
sirpanishning oldini olish uchun ishlov berilgan yog‘och bundan mustasno. 
Basseynlar yopiq joyda yoki ochiq havoda joylashgan bo‘lishi mumkin va 
davolovchi bo‘lishi yoki terapevtik bo‘lmasligi mumkin. 
Davolash uchun ishlatiladigan barcha basseynlarda termal yoki mineral suv bo‘lishi 
kerak. 
Barcha 
holatlarda 
basseynlar 
sanatoriy-kurort 
tomonidan 
ko‘rsatiladigan 
xizmatlarga moslashtirilgan bo‘lishi va teskari gidravlika (pastdan suv olish va yer 
yuzasiga tushirish) tamoyili bo‘yicha ishlashi kerak. 
Sanatoriy-kurortda dam olish basseynlari ham mavjud bo‘lsa, bu aniq ko‘rsatilishi 
kerak. 
Har safar mijozlar terapiya basseynlaridan foydalanganda, mas’ul xodimlar bor 
bo‘lishi kerak. 
Basseynga kirishda issiq va sovuq suvli dush bo‘lishi kerak. 
Maksimal suv balandligi 1,40 m bo‘lishi kerak yoki chuqurroq bo‘lsa, 
gidroterapiyadan o‘tayotgan mijozlarni professional tekshiruvdan o‘tkazish kerak. 
Suvning chuqurligi va haroratini ko‘rsatadigan ma’lumot taxtachasi bo‘lishi kerak. Suzish 
basseynlari zonalari mijozlar uchun xavfsizlik va profilaktika choralari haqida barcha 
kerakli ma’lumotlarni ko‘rsatishi kerak. Ma’lumot mijoz tushunadigan tarzda, masalan, 
grafik belgilar yordamida aks ettirilishi kerak. 
Basseynlarda imkoniyati cheklangan insonlar joylashishi uchun panduslar yoki 
zinapoyalar bo‘lishi kerak. 


Oʻz DSt ISO 21426:2022 (ISO 21426:2018, IDT)

4.6 Oqava suvlarni tozalash uskunalari 
Sanatoriy-kurortda oqava suvlarni tozalash uchun maxsus jihozlar bo‘lishi kerak. 
Oqava suvlarni qayta ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Tozalangan oqava suvlar atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq yo‘q 
qilinishi kerak. 

Yüklə 279,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin