O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 21-dekabr,
167-I-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Davlat tili haqida
(yangi tahriri)
1-modda.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
2-modda.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va
elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.
3-modda.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy
asoslari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilab beriladi.
(3-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Tilning Qoraqalpog‘iston Respublikasida amal qilishiga bog‘liq masalalar, shuningdek
Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
(3-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan
bog‘liq udumlarni ado etishda qo‘llanishini tartibga solmaydi.
Fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlash huquqiga egadirlar.
Dostları ilə paylaş: |