16-modda.
Televideniye va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda olib boriladi.
17-modda.
Noshirlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan holda esa, boshqa tillarda ham
amalga oshiriladi.
18-modda.
Pochta-telegraf jo‘natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning xohishiga ko‘ra — boshqa tilda
amalga oshiriladi.
19-modda.
Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlarining
matnlari davlat tilida bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar va muassasalar, qo‘shma
korxonalarning, shuningdek milliy madaniyat jamiyatlari va markazlarining muhrlari, tamg‘alari, ish
qog‘ozlari matnlarining tarjimasi davlat tilida takrorlanadi.
Dostları ilə paylaş: |