O‘zbekiston respublikasining davlat tili haqida



Yüklə 107,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix14.03.2022
ölçüsü107,2 Kb.
#53738
1   2   3   4   5   6   7   8   9
167-I-сон 21.12.1995. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

9-modda.

Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlarida  ish  davlat  tilida  yuritiladi  va  zaruriyatga  qarab

boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi.

O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlarda davlat tili, shuningdek qatnashchilarning

o‘zlari tanlagan tillar anjumanning ish tili hisoblanadi.

10-modda.

Korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar  va  jamoat  birlashmalarida  ish  yuritish,  hisob-kitob,

statistika  va  moliya  hujjatlari  davlat  tilida  yuritiladi,  ishlovchilarining  ko‘pchiligi  o‘zbek  tilini

bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin.



11-modda.

Sudlov ishlarini yuritish davlat tilida yoki o‘sha joydagi ko‘pchilik aholi tilida olib boriladi. Ishda

ishtirok etayotgan, sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga tarjimon orqali ishga oid

materiallar  bilan  tanishish,  sud  jarayonida  ishtirok  etish  huquqi  hamda  sudda  ona  tilida  so‘zlash

huquqi ta’minlanadi.

Oldingi

 tahrirga qarang.

Korxonalar,  tashkilotlar  va  muassasalar  o‘rtasidagi  iqtisodiy  nizolarni  ko‘rib  chiqish  va  hal

qilishda  davlat  tili  qo‘llaniladi.  Iqtisodiy  nizolar  taraflarning  roziligi  bilan  boshqa  tilda  ham  ko‘rib

chiqilishi mumkin.



(11-moddaning  ikkinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2017-yil  14-sentabrdagi  O‘RQ-446-sonli

Qonuni 

tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)

12-modda.

Oldingi

 tahrirga qarang.


O‘zbekiston  Respublikasida  notarial  harakatlar  davlat  tilida  amalga  oshiriladi.  Fuqarolarning

talabiga  ko‘ra  rasmiylashtirilgan  hujjat  matni  notarius  yoki  notarial  harakatni  bajarayotgan  shaxs

tomonidan rus tilida yoki imkoniyat bo‘lgan taqdirda — boshqa maqbul tilda beriladi.

(12-moddaning  matni  O‘zbekiston  Respublikasining  2010-yil  14-sentabrdagi  O‘RQ-255-sonli 

Qonuni

tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda)

13-modda.

Fuqarolik  holatini  qayd  etuvchi  hujjatlar,  shaxsning  kim  ekanligini  va  uning  huquqlarini

tasdiqlovchi  hujjatlar  davlat  tilida  rasmiylashtiriladi,  zaruriyatga  qarab  boshqa  tilda  tarjimasi

takrorlanishi mumkin.



14-modda.

O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  yashovchi  shaxslarga  davlat  tashkilotlari  va

muassasalariga,  jamoat  birlashmalariga  arizalar,  takliflar,  shikoyatlar  bilan  davlat  tilida  va  boshqa

tillarda murojaat qilish huquqi ta’minlanadi.



15-modda.

O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslar, o‘z millatidan qat’i nazar, o‘z ismini, ota ismi va

familiyasini milliy-tarixiy an’analarga muvofiq yozish huquqiga egadirlar.


Yüklə 107,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin