4-modda.
O‘zbekiston Respublikasida davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit
hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda
bo‘lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi.
Fuqarolarga davlat tilini o‘qitish bepul amalga oshiriladi.
5-modda.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko‘rsatadigan, milliy guruhlar zich
yashaydigan joylarda esa — ularning tillarida faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim
tashkilotlarini tashkil etish ta’minlanadi.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
Dostları ilə paylaş: |