O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimlarni,
ushbu moddaning
ikkinchi
qismida
ko‘rsatilganlardan tashqari,
ularning nomidan faqat ota-
onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin.
Olti yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar quyidagilarni mustaqil
ravishda amalga oshirishga haqlidirlar:
1) mayda maishiy bitimlar;
2) tekin manfaat ko‘rishga
qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat ro‘yxatidan
o‘tkazishni talab qilmaydigan bitimlar;
3) qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan muayyan maqsad yoki
erkin tasarruf etish uchun berilgan mablag‘larni tasarruf etish borasidagi bitimlar.
Kichik yoshdagi bolaning bitimlari bo‘yicha, shu jumladan o‘zi mustaqil tuzgan bitimlar
bo‘yicha uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiyi, agar ular majburiyatning buzilishida
o‘zlarining ayblari yo‘qligini isbotlay olmasalar, mulkiy javobgar bo‘ladilar.
Ushbu shaxslar
qonunga muvofiq kichik yoshdagi bolalar yetkazgan zarar uchun ham javobgar bo‘ladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
21
,
27, 28
,
117-moddalari
,O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi
173-
moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining 07.01.2008-yildagi “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi
Qonunining
3-moddasi
.
Dostları ilə paylaş: