O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Mol-mulkni tugatish va hisobdan chiqarish



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/212
tarix02.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#171328
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

198-modda. Mol-mulkni tugatish va hisobdan chiqarish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mol-mulkni yo‘q qilish (tugatish) natijasida mulk huquqini bekor qilishga qonunlarga zid
bo‘lmagan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
(198-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-801-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2022-y., 03/22/801/0998-son)


Oldingi
 tahrirga qarang.
Mulkdor tomonidan tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o‘zga madaniy qimmatga ega
bo‘lgan mol-mulkning yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Alohida hollarda sud qarori bilan mazkur
mol-mulk musodara qilinishi yoki agar u yo‘q qilingan bo‘lsa, uning qiymati undirib olinishi
mumkin.
(198-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mol-mulkni yuridik shaxsning balans hisobidan chiqarish natijasida mulk huquqining
bekor qilinishi qonunchilikda yoki ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda
amalga oshiriladi.
(198-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan
foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni 26-moddasining 
ikkinchi qismi
.
199-modda. Mol-mulkni mulkdordan olib qo‘yish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mol-mulkni mulkdordan olib qo‘yishga qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda
mulkdorning majburiyatlari bo‘yicha undiruv ana shu mol-mulkka qaratilgan taqdirda,
shuningdek natsionalizatsiya qilish, rekvizitsiya va musodara qilish tartibida yo‘l qo‘yiladi.
(199-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-801-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2022-y., 03/22/801/0998-son)
Agar qonunga asosan shaxsga tegishli bo‘la olmaydigan mol-mulk uning mulki bo‘lib
qolsa, ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi sud tartibida bekor qilinib, olib qo‘yilgan mol-
mulkning qiymati shaxsga to‘lanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 65 -moddasi 
uchinchi qismi
, mazkur
Kodeksning 
202 — 204-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 11-moddasining
beshinchi, oltinchi qismlari
, O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to‘g‘risida”gi Qonuni 
23-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni 
5 — 7-boblari
, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar
huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 
16, 17-moddalari
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin