21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)
202-modda. Natsionalizatsiya Oldingi tahrirga qarang. Natsionalizatsiya — fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga qarashli natsionalizatsiya
qilinayotgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqini haq to‘lash asosida qonunga muvofiq davlat
ixtiyoriga o‘tkazishdan iborat.
(202-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Mazkur mol-mulk keyinchalik denatsionalizatsiya qilingan taqdirda, agar qonun
hujjatlarida o‘zgacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, sobiq mulkdorlar ushbu mol-mulkning
qaytarib berilishini talab qilishga haqlidirlar.
(202-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 285-moddasi , O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasining birinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasi , O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi Qonuni 21-moddasining birinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasining “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasining ikkinchi qismi , “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 21-moddasi , O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 17-moddasi .