200-modda. Qarzni nizosiz tartibda undirib olish Oldingi tahrirga qarang. Majburiyatlar bo‘yicha qarzni, shu jumladan budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni nizosiz
tartibda undirib olishga qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
(200-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Mulkdor nizosiz tartibda undirib olish to‘g‘risidagi qarorga rozi bo‘lmagan taqdirda sudga
murojaat qilishga haqli.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahriri) 121-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 09.08.1996-yildagi “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-1504-son Farmoni 2-bandining ikkinchi xatboshisi , Prezidentning 01.11.2007-yildagi PQ-722-son Qarori bilan tasdiqlangan “Ijro yig‘imini undirish va foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom . 201-modda. Qimmatbaho metallar va toshlarga mulk huquqining vujudga kelish hamda bekor bo‘lish xususiyatlari Oldingi tahrirga qarang. Xom va ishlov berilgan qimmatbaho metallar va toshlarga (zargarlik va boshqa maishiy
buyumlardan tashqari) mulk huquqining vujudga kelish hamda bekor bo‘lish xususiyatlari
qonunchilik bilan belgilab qo‘yiladi.
(201-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 164 , 167 — 169-moddalari , 13.02.2003-yildagi 75-son qaror bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari”ning VIII bo‘limi .