Imorat qurilgan yer uchastkasining mulkdori bo‘lgan, unga umrbod meros sifatida egalik
qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxsning o‘zboshimchalik bilan
qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan e’tirof etilishi mumkin. Bu holda
imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilgan shaxs imorat qurgan shaxsning xarajatlarini sud
belgilagan miqdorda qoplaydi.
(212-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-martdagi O‘RQ-526-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.03.2019-y., 03/19/526/2701-son — 2019-yil
6-iyundan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi
91-moddasi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Basharti, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning
huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishiga sabab bo‘lsa, yoxud
fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirsa, o‘zboshimchalik
bilan qurilgan imoratga
nisbatan mulk huquqi e’tirof etilishi mumkin emas.
(212-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-martdagi O‘RQ-526-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.03.2019-y., 03/19/526/2701-son — 2019-yil
6-iyundan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi
90-91-moddalari
, Vazirlar Mahkamasining
20.01.2000-yildagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “Uylar va turlar joylarni uy-joy fondiga kiritish tartibi
to‘g‘risida”gi nizomning
8-bandi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-
yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi 5-PL-91-son qarorining 18-bandi
uchinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 24.09.2004-yildagi “Yakka tartibda qurilgan uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq nizolar
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 14-son qarorining
3
,
23 — 26-bandlari
.
Dostları ilə paylaş: