21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)
210-modda. Uy-joy (kvartira)ga mulk huquqining vujudga kelish tartibi Belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida qurilayotgan yangi uy-joyga mulk
huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Oldingi tahrirga qarang. (210-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052- son) Oldingi tahrirga qarang. Davlatga qarashli uy-joy (kvartira)ga mulk huquqi qonunchilikda nazarda tutilgan
xususiylashtirish tartibida vujudga keladi.
(210-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Kooperativ uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorboqqa va boshqa binolarga mulk huquqi
kooperativ a’zosi pay badallarini batamom to‘lab bo‘lganidan keyin vujudga keladi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 84-moddasi , O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 13-moddasi , 14-moddasining birinchi , O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasining 5-bandi , O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni , “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 02.05.1997- yildagi “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida” 3-son qarori . Oldingi tahrirga qarang.